1-ma’ruza: Pedagogika otmda geometriyani o’qitish nazariy masalalari: Evklidga qadar geometriya. Evklidning “Negizlar” asari. Evklidning V postulati va uni isbotlashga urinishlar. Evklid va Lobachevskiy geometriyalari qiyosiy tahlili


Download 133.9 Kb.
bet21/27
Sana08.11.2023
Hajmi133.9 Kb.
#1755889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Konstruktiv geometriya. Pedagogika otmda geometriyani o’qitish nazariy masalalar

Parallel proyeksiyalash.
Parallel proyeksiyalashni markaziy proyeksiyalashning xususiy holi deb qarash mumkin. Bunda, proyeksiyalash markazi   biror   to’g’ri chiziq yo’nalishi bo’yicha harakatlanib, proyeksiyalar tekisligidan cheksiz uzoqlashgan deb faraz qilamiz (2-chizma). Bu yerda   chiziq proyeksiyalash yo’nalishi deyiladi.

2-chizma.
Fazoda olingan biror   figurani   tekislikka proyeksiyalash uchun   figuraning har bir nutasi orqali   yo’nalishga parallel qilib proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlarni o’tkazamiz. Bu to’g’ri chiziqlarning   tekislik bilan kesishgan   nuqtalar to’plami   figuraning   tekislikdagi parallel proyeksiyasi deb ataladi. Agar   figuraning o’xshash almashtirsak,   figuraning   tekislikdagi   tasviri hosil bo’ladi.
Parallel proyeksiyaning ko’rinishi va o’lchamlarining o’zgarishi faqat proyeksiyalar tekisligining proyeksiyalash yo’nalishiga nisbatan qanday joylanishiga bog’liq. Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qanday yo’nalishda bo’lishiga qarab, parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli bo’ladi.
Agar proyeksiyalash yo’nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan o’tkir burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli burchakli deb aytiladi.
Agar proyeksiyalash yo’nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan to’g’ri burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash to’g’ri burchakli yoki orthogonal priyeksiyalash deyiladi. Bunday proyeksiyalashda proyeksiyalash yo’nalishi ko’ratilmaydi, chunki bir nuqtadan tekislikka faqat bitta perpendicular to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin.
Figuraning parallel proyeksiyalashdagi tasviri asosan quyidagicha hosil qilinadi:


  1. berilgan fazoviy figuraning barcha nuqtalari berilgan yo’nalishda   tekislikka proyeksiyalanadi;



  2. proyeksiya tekisligida hosil qilingan figura o’xshash almashtiriladi.



Bu ikki qadamni bajargandan keyin berilgan fazoviy figuraning tasviri hosil etiladi. Bundan ko’riadiki, tasvirdagi har bir nuqta umuman olganda, originaldagi mos nuqtaning proyeksiyasi bo’lmaydi. Ikkinchi qadam bizga kerakli o’lchamlardagi chizmani hosil qiishga imkon beradi. Ba’zi hollarda ikkinchi qadamni bajarishga zaruriyat tug’ilmaydi, u holda   figuraning   tekislikdagi proyeksiyasi uning tasviri bo’ladi. Umuman aytganda, ikkinchi qadam ishning mohiyatini o’zgartirmaydi.

Parallel proyeksiyalash usuli hosil qilingan tasvir to’g’ri, ya’ni originalga munosib va yetarlicha ko’rgazmalidir. Bunday tasvir, markaziy proyeksiyalash usuli bilan hosi qilingan tasvirga nisbatan soddaroq yasaladi. Shuning uchun maktabda o’qitiladigan geometriya kursi bo’yicha tasvirni yasashda parallel proyeksiyalash usulidan foydalaniladi.



Download 133.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling