1-ma’ruza. Reja


Download 276.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi276.38 Kb.
#1224131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.1- ta’rif. Hodisa deb, ma’lum bir shartlar bajarilishi natijasida paydo bo’lgan 
voqyeaga aytiladi
1.2- ta’rif. Hodisa bilan bog’liq bo’lib, uning paydo bo’lishiga sababchi 
bo’lgan barcha kompleks shartlarga sinash yoki tajriba deyiladi. 
Masalan: 1) bir turdagi asboblarning sifatini tekshirish sinash hisoblanadi. 
Tekshirish natijasida kuzatilgan yaroqsiz yoki yaroqli asbob hodisani tashkil qiladi; 
2) zayomda yutuq chiqishini tekshirish- sinash, yutuq chiqishi yoki chiqmasligi esa, 
hodisa bo’ladi; 3) tangani tashlash-sinash, yozuvli tomon yoki gerb tomoni tushishi- 
hodisadir. 
Hodisani sinash natijasi deb qaraymiz. 
1.1- misol. Mergan to’rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o’q uzadi. O’q 
urilishi sinash. Nishonning tayin sohasiga o’q tegishi hodisa. 
1.2- misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkalligi bitta shar 
olinadi. Yashikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Rangli shar chiqishi esa, hodisa. 
Biz kuzatadigan voqyea (hodisalar) 3 turga bo’linadi: 1) ishonchli (muqarrar) 
hodisalar; 2) ishonchsiz hodisalar; 3) tasodifiy hodisalar.
1.3- ta’rif. Har bir sinashda albatta paydo bo’ladigan, ya’ni paydo bo’lishi 
sinashlardan avval ma’lum bo’lgan voqyeaga ishonchli hodisa deyiladi. 


3
Masalan: 1) yer yuzida bir sutka 24 soat cho’zilishi; 2) yuqoriga otilgan tosh 
yerga qaytib tushishi; 3) idishdagi suv normal atmasfera bosimida isitilib, uning 
temperaturasi 100
0
ga yetganda bug’ga aylanishi va shunga o’xshash voqyealar 
ishonchli hodisani tashkil qiladi. 
1.4- ta’rif. Har bir sinashda paydo bo’lmaydigan yoki paydo bo’lmasligi 
sinashlardan avval ma’lum bo’lgan voqyeaga ishonchsiz (mutlaqo ro’y 
bermaydigan) hodisaga aytiladi
Masalan: 1) oyning yerga tushishi; 2) bir sutkaning 25 soatga cho’zilishi kabi 
voqyealar ishonchsiz yoki mutlaqo ro’y bermaydi hodisalardir.

Download 276.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling