Bu grafik soyaning orqadan oldinga bir martta to`liq aylanib chiqqanligini ko`rsatadi.
Gorizontal o‘q bo‘yicha vaqtning o‘zgarishini, vertikal o‘q bo‘yicha esa siljishining o‘zgarishini keltirsak, siljishning o‘zgarishini grafik ravishda tassavur qilish mumkin. Natijada sinusoida qonuniyatini kuzatamiz (2 - rasm).
Bu yerda istalgan vertikal AV kesma shu vaqtdagi siljishni ko‘rsatadi, A1V1 – amplitudaning maksimal qiymatini, T – tebranish davrini ko‘rsatadi.
2 - rasm. Moddiy nuqtaning aylana traektoriyasidagi holatini u o‘qiga proektsiyasining garmonik tebranishi.
Garmonik tebranishlarning grafik tasvirlash usullaridan yana biri vektor diagrammalar
usuli hisoblanadi (3 - rasm).
0 nuqta atrofida 0 o‘zgarmas burchak tezlik bilan aylanayotgan, miqdor jihatdan
o‘zgarmas A amplitudaga teng bo‘lgan vektorni tasavvur qilamiz. Istalgan t vaqtdagi A vektorning vertikal o‘qqa proektsiyasi siljishga tengdir, gorizontal o‘q bilan hosil qilgan burchagi esa tebranishning fazasini bildiradi.
3 - rasm. Garmonik tebranishning vektor diagramma orqali grafik tasviri.
N nuqtaning siljishini t vaqt ichidagi bosib o‘tgan yo‘li deb hisoblasak, t vaqtdagi uning tezligi quyidagiga teng bo‘ladi:
dy
Do'stlaringiz bilan baham: |