1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida
Download 198.32 Kb.
|
Туп агро экол 1-маруза (1)
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish masalasi qo‘yildi. Bu maqsadga erishishda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Ushbu vazifalarni tizimli va samarali amalga oshirish maqsadida quyidagi kompleks chora-tadbirlar belgilandi:
Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish 136 ming gektardagi hosil berayotgan, 63 ming gektardagi yangi bog‘ va tokzorlarning har qator oralari, 600 ming gektar takroriy ekin maydonlaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. 2-3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘yish barobarida foydalanishdan chiqqan, 124 ming gektar yerni to‘liq va 155 ming gektar lalmi yerni suv chiqarish orqali o‘zlashtirish ham rejalashtirilgan; Ichki ishlar vazirligiga qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining karantin qoidalariga amal qilgan holda erkin harakatlanishini ta’minlag bo‘yicha topshiriq berildi; Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamg‘armalariga 300 mlrd. so‘m ajratiladi; Urug‘liklar ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi uchun ular importini markazlashgan holda tashkil etish zarur. Har yili mamlakatimizga 300 ming tonnaga yaqin kartoshka, shuningdek, 10-15 ming tonna urug‘lik kartoshka chet eldan olib kelinadi. Shu bois, Qo‘rg‘ontepa, Baxmal, Zomin, Shahrisabz, Kitob, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Bo‘stonliq tumanlari urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilishi belgilandi. Tizimdagi yana bir muammo o‘g‘it bilan ta’minlash hisoblanadi. "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati zimmasiga ikki hafta ichida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda o‘g‘it do‘konlari tashkil etish vazifasi yuklatildi. O‘g‘itlar importiga bog‘liq cheklovlar joriy yil yakuniga qadar muddatga bekor qilindi. Bundan tashqari, karantin davrida tumanlar, shaharlar va viloyatlar orasida qishloq xo‘jaligi va umuman, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan avtotransport, fermerlar va ishchilarning barcha qoidalarga amal qilgan holda erkin harakatlanishi uchun sharoit yaratish belgilangan. Bo‘sh va lalmi yerlarni o‘zlashtirish uchun Bog‘dorchilik va Uzumchilik jamg‘armalariga 300 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish, bu jamg‘armalar hisobiga quduq qazib, tashkil etilgan bog‘ va tokzorlar, issiqxonalarni aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha lizing asosida berish, shuningdek, o‘zlashtirilgan yerning ijara huquqini aniq oziq-ovqat turini yetishtirish sharti bilan 5-10 yilga sotish va bundan tushgan mablag‘larni yangi yerlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish tartibi joriy etilmoqda. Meva-sabzavot yetishtirish va sotib olishga xuddi paxtachilik va g‘allachilik sohalaridagi kabi alohida moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilandi. Unga ko‘ra, tijorat banklari klasterlarga aylanma mablag‘ uchun zarur bo‘lgan moliyaviy qarzlar ajratadi. Ular mahsulot yetishtirish va eksport qilish uchun hosilni garovga qo‘ygan holda qisqa muddatli (3-12 oy) kreditlar ham olishlari mumkin. Bundan tashqari, tijorat banklari likvidlilikni ta’minlashga ajratilayotgan resurslaridan kamida 2 trillion so‘mini bosqichma-bosqich aylanma mablag‘lar krediti uchun yo‘naltiradi. Meva-sabzavot va issiqxona yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning 700 million dollar kredit liniyalarini jalb qilish va tijorat banklarining to‘xtatilayotgan loyihalar hisobidan bo‘shagan mablag‘larini qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Meva-sabzavotni eksport qiluvchilarga ham imtiyozlar ko‘zda tutilyapti. Xususan, ularning avtotransportda yuk tashish xarajatining 50 foizi Eksportga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Buning uchun jamg‘armaga qo‘shimcha 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Ozuqa bazasi chorvachilikni rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Joriy yilda kamida 70 ta sanoat ozuqa korxonasi ishga tushiriladi. Ularni xomashyo bilan ta’minlash uchun suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan holda 38 ming gektar lalmi va yaylov yerlarni to‘liq o‘zlashtirish belgilandi. Qoramolchilikni rivojlantirish va qoramollar bilan ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida 74 ta oilaviy kooperatsiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Har bir viloyatda naslli qoramol tayyorlash va sotishga mo‘ljallangan xo‘jaliklar tashkil etiladi. Parrandachilik — yetti xazinaning biri. Endilikda kooperatsiya asosida xonadonlarda parranda boqish tajribasi keng joriy etiladi. Buning uchun go‘sht yo‘nalishidagi yirik parrandachilik xo‘- jaliklari 100 xonadonga 500 boshdan uch kunlik jo‘jalarni tarqatib, ozuqasini yetkazib beradi, veterinariya xizmatlari ko‘rsatadi. Qirq kundan keyin kooperatsiyaning o‘zi go‘shtni markazlashgan holda sotib oladi. Shu yo‘l bilan har bir oila qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi va qishloq aholisi bandligining oshishi ta’minlanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kooperatsiyada ishtirok etgan oilalarga parranda boqqan davri uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu yil baliq yetishtirishni kamida 350 ming tonnaga yetkazish, sun’iy havzalarda intensiv usulda mehnat qilayotganlarga subsidiyalar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Foydalanish samaradorligiga qarab, yer solig‘ining tabaqalashgan stavkalari qo‘llanadi. Shuningdek, har bir hududda baliqchilikka ixtisoslashgan namunali tuman tashkil etilib, ularda intensiv usuldagi 10-15 tadan baliqchilik xo‘jaligi (1 gektar maydondan o‘rtacha 100 tonna baliq ovlash), qayta ishlash korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratiladi. Asalchilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilar ekan, bu yil ishlab chiqarish hajmini 5 barobar ko‘paytirish, har bir tumanda asalarichilik klaster korxonasini tashkil etish, kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish orqali xonadonlarga 20 tadan asalari uyasi tarqatish muhimligi ta’kidlandi. Bu borada o‘rmon xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘la ishga solish, 16,5 mingdan ortiq yangi asalari uyasini parvarishlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Qishloq aholisini uy sharoitida ish bilan ta’minlaydigan rezervlardan biri — ipakchilik sohasi. Joriy yilda 382 ming quti ipak qurti boqilishini inobatga olsak, bu kamida 750 ming odamni ish bilan band qilish degani. Endilikda viloyatlarda “bir xonadonga — bir quti ipak qurti” tamoyili asosida ipak qurti urug‘i tarqatilib, fermer xo‘jaliklari, paxta va g‘alla klasterlari ham ipak qurti boqishga keng jalb etiladi. Tizimni yanada rivojlantirish uchun tijorat banklarining 145 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi. Belgilangan hosilni olgan xonadonlarga Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni amalga oshirish belgilandi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda eksportni kengaytirish imkoniyatini yaratadi. Kam ta’minlangan aholi qatlami va vaqtinchalik band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlashga va qo‘shimcha daromad manbaini oshirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlabgina qolmay, ularning narxini pasaytirishda ham muhim omil bo‘ladi
Download 198.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling