10-masala. Mol nisbati 1:1,5 bo’lgan 63Cu va xCu izotoplar aralashmasida mis 63Cu izotopining massa ulushi 39,25 %, mol ulushi esa 40 % ga teng bo’lsa, mis xCu izotopidagi neytronlar yadroning necha foizini tashkil etishini hisoblang.
Yechimi: izotoplar aralashmadagi mis xCu izotopining nisbiy atom massasini hisoblaymiz.
Demak, mis xCu izotopining nisbiy atom massasi 65 ga teng.
2-usul. 63 g mis ——— 39,25 % ni tashkil etsa
x g ——— 100 % ni tashkil etadi
Izotoplar aralashmasining massasi 160,5 grammga teng bo’lsa, unda mis xCu izotopining nisbiy atom massasi quyidagicha topiladi:
63+ 1,5∙x=160,5
1,5x= 160,5-63
1,5x=97,5
x= 97,5/1,5
x=65
Demak, noma’lum Cu izotopi massasi 65
III. 5. Yangi tipdagi masalalar va ularni yechish usullari
1-masala. Foiz tarkibi bir xil (C-92,3 %, H-7,7 %) biroq, molekulyar massalari har xil (M1=26 , M2=78) bo’lgan ikkita uglevodorodning molekulyar formulasini toping? Javob; C2H2; C6H6.
Yechish: C: H = 92,3 % : 7,7 %
12 : 1
7,7 : 7,7
1 : 1 (2) va (6)
Demak; massasi 26 ga to’g’ri kelsa bu atsitilen C2H2 , massasi 78 ga to’g’ri kelsa benzol formulalalriga to’g’ri keladi.
2-masala. Lyapis AgNO3 va bertole tuzi KClO3 qanday kislotalardan hosil bo’lgan. Shu kislotani hosil qilgan oksid tarkibidagi elementlarning massa ulushini toping?
Yechish: AgNO3 nitrat kislotadan hosil bo’lgan tuz, HNO3 nitrat kislotani hosil qilgan oksid NO2 azot (IV)-oksidi dagi azotning massa ulushini toping;
4NO2 + O2 + 2H2O → 4HNO3 Ag + 2HNO3 → AgNO3+NO2↑+H2O
NO2 molekulyar massasi 14+(16∙2)=46
Mu (N)=14/46 = 0,3043∙100 % = 30,43 % azot bo’ladi.
KClO3 qanday kislotadan hosil bo’lgan HClO3 xlorat kislotadan hosil bo’lgan, Cl2O7 tarkibidagi Cl ning massa ulushini toping;
Cl2O7 molekulyar massasi 35,5∙2+ 16∙7 = 183
Mu (Cl)=71/183 = 0,3879∙100 % = 38,79 % xlor bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |