Kimyoviy formula topishga oid masalalar yechish
1-misol. 9,3 g ishqoriy metall oksidi 200 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 5,73% ni tashkil qilsa, oksid tarkibidagi metallni toping. Yechish: Bizga ma'lumki, ishqoriy metall oksidi suvda eritilganda, tegishli asoslar hosil bo’ladi. Bundan tashqari, ishqoriy metallar I-gruppaning asosiy gruppacha elementlari bo’lib, ular I-valentli aktiv metallardir. Shu ma'lumotlar asosida masalani quyidagicha ishlash mumkin bo’ladi:
1) Hosil bo’lgan eritmaning massasini topamiz;
m(eritma) = m(ishqoriy metall oksidi)+ m(suv) = 9,3 g +200 g = 209,3 g
2) Umumiy reaksiya tenglamasini tuzamiz (bunda ishqoriy metall umumiy formulasidan foydalaniladi);
Me2O +H2O → 2MeOH
3) Reaksiya tenglamasiga muvofiq, jarayonda asos hosil bo’lib, masala shartida berilgan 5,73% shu moddaning ulushidir. Bundan foydalanib uning masasini quyidagicha topish mumkin bo’ladi.
m(MeOH) = m(eritma)• 5,73% = 209,3• 5,73%=11,99289 g
4) Reaksiyaning umumiy tenglamasidan foydalanib, jarayonda gaz modda yoki cho’kma moddalarning (eritma massasini kamaytirmaydigan holatlar) hosil bo’lmaganligi, hamda reaksiyada bizga ma'lum suvdan foydalanib, masalani quyidagicha ishlaymiz;
m(H2O)=m(MeOH)-m(Me2O)=11,99289-9,3=2,69289 g
Me2O +H2O → 2MeOH
9,3 g —— 2,69289 g
x g —— 18 g x = 62,163697 g
5) Demak, Me2O ning molyar massasi 62,163697 g bo’lsa, undan noma'lum elementni quyidagicha topish mumkin;
m(Me2)=m(Me2O)-m(O)=62,163697-16 = 46,163697
Me = Ar(Na)=23
2-misol. Ishqoriy metall gidridi 66,2 g suvda eritilganda 0,2 g gaz modda ajralib, 8% li eritma hosil bo’ldi. Metalni toping.
Yechish: Ishqoriy metall gidridi suvda eritilganda, tegishli asos, hamda vodorod gazini hosil qilishini bilamiz. Ammo bu masalada, metall gidridining miqdori (g) berilmagan. Bunday masalalarni quyidagicha ishlaymiz:
1) Reaksiya tenglamasining umumiy tenglamasini (ishqoriy metallning bir valentli
ekanligiga asoslanib) yozamiz;
MeH+H2O→MeOH+H2
2) Masalani quyidagicha tenglama tuzish orqali ishlaymiz;
MeH+H2O→MeOH+H2
x+1 x+17 1 mol
(x+1)∙0,1 (x+17)∙0,1 0,1 mol (0,2 g vodorod miqdori)
ya'ni x=39 demak bu metall kaliy.
Do'stlaringiz bilan baham: |