1-masala: Massasi 10,8 gr bo’lgan metal namunasida alyuminiy moddasining qanday miqdori bor? Yechish


Mavzu: Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari mavzusiga doir masalalr yechish


Download 1.58 Mb.
bet18/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1589358
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kimyodan masalalar yechishning ilmiy-ommabop usullari

Mavzu: Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari mavzusiga doir masalalr yechish.
(7-sinflar uchun bir soatlik dars ishlanmasi)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: moddaning kimyoviy formulasi, modda miqdorini toppish, element valentligini toppish, moddaning moli, massasi, hajmi, molekulalar soni orasidagi bog’lanishlariga doir masalalarni proporsiyalar, formulalardan foydalanib yechishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarning nazariy bilim va amaliy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish, darsda faol qatnashishga va o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta oladigan qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning bilish faoliyat va fikrlash qobilyatini oshirish, kelajakda o’ziga bo’lgan ishonch tuyg’usini rivojlantirish.
Darsning turi:noan’anaviy
Darsning usuli: interfaol
Darsning jihozlari: darslik, D.I.Mendeleyevning elementlar davriy jadvali, multimedia vositalari.
Dasrning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish, ularni guruhlarga ajratish.
O’quvchilarga oldin masalalar yechishni o’rgatib, so’ngra quyidagi topshiriqlar beriladi.
1-topshiriq.Hisoblash formulalarini izohlang.
1-guruhga: a) V=M/ρ b) Ar=ma/1 m.a.b v) ρ=m/V
2-guruhga: a) m=n∙M b) ma=Ar∙1 m.a.b v) n=m/M
3-guruhga: a) E=Ar/V b) Mr(AxBy)=x∙Ar(A)+y∙Ar(B) v) Vm=V/m
4-guruhga: a) M=m/M b) Vm=M/ ρ v) WA=x∙Ar(A)/ Mr(AxBy)
O’quvchilarga topshiriq bajarib bo’lingach, har bir guruhda sardor saylanadi va ular yordamida guruhlar bahs-munozara qiladilar.
Bahs-munozaraga ajratilgan vaqt yakuniga yetgach savol-javoblar boshlanadi.Guruh a’zolari har bir savolning javobiga izoh beradilar.
2- topshiriq.Mantiqiy tesatlar.
1-guruhga: Hamma savollarning javoblari 40 chiqishi kerak, javoblarning to’g’riligini isbotlang.
savollar:
a) CuO ning ekvivalentini toping?
b) CaCO3 molekulasidagi Ca atomining massa ulushuni toping?
s) 7,525∙1023 ta kislorod molekulasining massasini toping?
d) 80 gr CuSO4 olish uchun necha gr CuO bilan H2SO4 reaksiyaga kirishadi?
Javob: 40
2-guruhga:Hamma savollarning javoblari 40 chiqishi kerak, javoblarning to’g’riligini isbotlang.
Savollar:

  1. 0,4 mol CaCO3 molekulasining massasini toping?

  2. 28 l kislorod molekulasining massasini toping?

  3. SO3 molekulasidagi S ning massa ulushini (%) toping?

  4. 73 gr xlorid kislota HCl qancha kalsiy Ca ni eritadi?

3-guruhga: Hamma savollarning javoblari 50 chiqishi kerak, javoblarning to’g’riligini isbotlang.
Savollar:

  1. CaCO3 ekvivalent qiymatini toping?

  2. SO2 dagi S ning massa ulushini toping?

  3. 100 gr CuSO4 olish uchun necha gr CuO kerak?

  4. 35 l kislorod molekulasi massasini toping?

4-guruhga: Hamma savollarning javoblari 20 chiqishi kerak, javoblarning to’g’riligini isbotlang.
Savollar:

  1. Ca atomining ekvivalenti?

  2. CuSO4 molekulasidagi S ning massa ulushini % toping?

  3. 40 gr CuSO4 olish uchun necha gr CuO sulfat kislota bilan ta’sirlashadi?

  4. 4,3∙1023 ta azot molekulasining massasini toping?


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling