1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


II. Madaniy inqilob ehtiyojlari yozuvni lotinlashtirishning sabablaridan


Download 365.5 Kb.
bet11/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403

II. Madaniy inqilob ehtiyojlari yozuvni lotinlashtirishning sabablaridan
biri sifatida

Madaniy inqilob ("Культурная революция") Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida bu "yangi hokimiyat"ning til, madaniyat, fan va mafkura sohasida olib borgan siyosatining mohiyatini, Oktabr to'ntarishidan keyingi o'n yillikarida xalqning ma'naviy hayotida yuz bergan o'zgarishlarni ifodalaydi. Ma'naviy-madaniy turmushdagi mazkur o'zgarishlar quyidagi yo'nalishlarda olib borilgan edi:


- savodsizlikni tugatish va umumiy ta'lim olishni joriy etish;
- xalq xo'jaligiga oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi orqali mutaxassislar tayyorlash;
- fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirish;
- ijodiy uyushmalarni tuzish va badiiy madaniyatni rivojlantirish;
- sotsialistik turmush tarzini va ommani sotsialistik qurilishga jalb etish uchun mafkuraviy kurash olib borish va shk1.
Ko'rinib turibdiki, bolsheviklar rejalashtirgan va keyinchalik amalga oshirgan madaniy-ma'rifiy o'zgarishlarning barchasining asosida til, yozuv va ta'lim tizimi turibdi. Demak, bu vazifalarni Kavkazorti yoki O'rta Osiyo respublikalari sharoitida amalga oshirish uchun uchun ishni eng avvalo yozuvni almashtirishdan boshlash kerak, chunki:
- savodsizlikni eski yozuvda bitirib bo'lmaydi, shuning uchun u lotinlashtirilishi kerak;
- eski yozuvda yuqori malakali kadrlar tayyorlab bo'lmaydi, chunki u qoloq va eskirgan;
- sotsialistik turmush tarzini joriy qilish va mehnatkashlar ommasini sotsialistik qurilishga jalb etish uchun uchun aholining savodxonlik darajasi yuqori bo'lishi kerak va bu vazifani ham yozuvni almashtirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi1.
Xullas, madaniy inqilobni amalga oshirish uchun xalqlar ming yildan buyon foydalanib kelayotgan yozuvni almashtirish zarur va busiz sovet Sharqida "madaniy inqilob" amalga oshmay qolishi mumkin. Bolshevik ideologlarning chiqargan xulosasi – shu.
Madaniy inqilob va yozuv islohotlari o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalar mavjudligi masalasi hozirgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarda negadir chetlab o'tiladi. Aslida bular juda aloqador va biri ikkinchisini taqozo etgan masalalardir hamda ularni o'zaro aloqada o'rganish o'tmish madaniy boyliklariga yoppasiga hujum boshlagan Kremlning hujum taktikasi va strategiyasini anglab olishga yordam beradi.
Diqqat qilaylik:

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling