1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi
Sovet davridagi lotinlashtirish jarayonlari
Download 365.5 Kb.
|
1447865310 62403
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arabchilarning keltirgan argumentlari Lotinchilarning javoblari Izoh
3. Sovet davridagi lotinlashtirish jarayonlari
Sovet davrida ham lotinlashtirish harakatining avangardi bo'lib Ozarboyjon Respublikasi va uning intelligensiyasi chiqadi. M.I. Isayev, 1918 yilda, hali Ozarboyjonda Sovet hokimiyati o'rnatilmasdan ilgari, musovotchilar hukumati davrida ozari yozuvini lotinlashtirish bo'yicha 3 ta loyiha bu hukumat e'tiboriga havola etilgani, ammo musovotchilar parlamenti yozuvni isloh qilish masalasini ko'rib chiqmagani haqida yozadi1. 1920-yilda Ozarboyjonda sovet hokimiyati o'rnatilgach, lotin alfavitiga o'tish tarafdorlari yana harakatga kechdilar va respublikaning bolshevik hukumati, xalqning asriy an'analari bilan bog'liq muammolar bilan to'qnash kelayotganini his qiligan bo'lsalar kerak, bu xususda ancha ehtiyotkolik bilan ish tutdilar, jamoatchilik orasida bahs-munozara yuritishga qaror qildilar. 1921-yil dekabr oyida lotin alfavitini joriy qilish tarafdorlari – "lotinchilar" va arab alfavitini saqlab qolish tarafdorlari - "arabchilar" o'rtasida ochiq munozaralar uyushtirildi. Munozarada arabchilar va lotinchilar o'zlarining nuqtai nazarlarini quyidagi argumentlar bilan isbotlashga harakat qildilar. Bundan 5-6 yil keyin Sovet O'zbekistonida ham shunga o'xshash voqealar takrorlangani uchun ozarboyjon ziyolilari o'rtasidagi bahs-munozaraning qisqacha mazmunini keltirib o'tish maqsadga muvofiq:
Bu tortishuvlarda "lotinchi"larning qo'li baland kelgani uchun, Ozarboyjonda 1922-yilda alifbesi rasmiy yozuv sifatida qabul qilinadi, 1924-yildan e'tiboran uni o'qish va o'qitish jarayoniga tadbiq qilish masalasi ko'tariladi Ozarboyjondagi yozuvni almashtirish borasidagi tortishuvlarni butun turk dunyosi va sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar kuzatib turar edilar. Bu respublikada tortishuvlarning qanday natija bilan tugashi O'zbekistonda ham bu borada boshlangan harakatlarning mazmuni hamda yo'nalishiga ta'sir o'tkazar edi, albatta. Xullas, Ozarboyjonda qariyb 80 yil davomida lotin alfavitiga o'tish g'oyasi yashab keldi. Sovet davrida bu g'oya bolshevistik rejim tomonidan hayotga joriy qilingani hamda u Ozarboyjonda muvaffaqiyat qozongani VKP (b) rahbariyatini bu respublika tajribasini sobiq Ittifoqda yashaydigan turk va musulmon xalqlarga nisbatan qo'llashga ilhomlantirdi. Sovet hukumatining sobiq SSSRdagi azaldan yozuvi bo'lgan va yozuvsiz xalqlarini birvarakayiga lotin alfavitida ish ko'rishga o'tkazishi kommunistik rejim tayangan mafkuraviy motivlarga tayanar edi. Bizningcha, ana shu motivlar Sovetlarning 20-asrning 20-yillarida amalga oshirgan til va yozuv siyosatining asosida turadi. Bular – "jahon inqilobi" va "madaniy inqilob" g'oyalaridirki, ular xususida alohida to'xtab o'tishga to'g'ri keladi. Download 365.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling