1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Alfavitni lotinlashtirish "jahon proletar inqilobi"ni tezlashtiruvchi


Download 365.5 Kb.
bet10/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403

Alfavitni lotinlashtirish "jahon proletar inqilobi"ni tezlashtiruvchi
vosita sifatida

Sobiq Ittifoq va sotsialistik lagerning mahv bo'lishi va dunyodagi kommunistik harakatning inqirozi ilm-fanda jahon kommunistik harakatining tarixi va nazariyasini o'rganishga bo'lgan qiziqishni so'ndirdi, desak ham bo'lar. Hozir G'arbdagi yuzlab sovetologlar markazlari zamonning zayliga qarab Rossiyaga oid tadqiqotlar, yo islomshunoslik yoki xitoyshunoslik markazlariga aylantirilgandir. Rossiya hamda sobiq ittifoqdosh respublikalarida marksizm-leninizm masalalarini tezroq unutishga intilmoqdalar. Aslida, dunyo xalqlarining boshiga ko'p savdolarni solgan jahon kommunistik harakatining tarixi va amaliyotini yangicha qarashlar vositasida o'rganish esa bundan keyin kurramizda vujudga keladigan har xil zararli harakat va oqimlarning oldini olish uchun ham muhimdir.


Sobiq SSSRdagi yozuv inqiloblari tarixi tarixi bevosita xalqaro kommmunistik harakat va "jahon proletar inqilobi" masalalari bilan bog'liq bo'lgani uchun "jahon inqilobi" tushunchasi va mohiyati xususida to'xtalib o'taylik.
Ma'lumki, jahon kommunistik harakatining asoschilari K. Marks (K. Marx) va F.Engels (F. Eangeals) kapitalizmning bir tekisda rivojlanishi natijasi o'laroq butun dunyodagi yetakchi kapitalistik mamlakatlarda "jahon proletar inqilobi" bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblar edilar. (Qayd etish lozimki, jahon proletar inqilobi g'oyasi kommunistik mafkuraning bosh shiori bo'lmish "Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!" jumlasida ham aks etib turardi).
1917-yilda Rossiya imperiyasida hokimiyatni bosib olgan rus bolsheviklari "jahon proletariati dohiylari"ning ushbu qarashlarini hech o'zgarishsiz qabul qilgan edilar. Vladimir Lenin, Lev Trotskiy va inqilobning boshqa yo'lboshchilari Rossiyadagi Oktabr to'ntarishini rus voqeligiga asoslangan bir rus inqilobi deb tushunmas edilar, ular Rossiyada proletariat va uning "avangardi" - kommunistik partiyaning hokimiyatni qo'lga kiritishi tez orada butun jahonda ro'y beradigan "jahon sotsialistik inqilobi"ning debochasi deb bilar edilar. Shu sababli "jahon inqilobi"ni yaqinlashtirish hamda butun dunyoga kommunistik mafkurani yoyish uchun Sovet hokimiyatining birinchi kunlaridanoq amaliy harakatlar boshlandi. Bunday harakatlardan biri Komintern (III Xalqaro Kommunistik Internatsional)ni qayta tashkil etish bo'lsa, yana bir boshqa amaliy qadam, G'arb va Sharq o'lkalariga "inqilobni eksport qilish" edi.
Sovet hukumati va bolsheviklar partiyasining strategik vazifasi, Leninnnig fikricha, xalqaro proletar inqilobiga bo'lgan ishonchni kuchaytirish edi. Bu revolutsiyani, inqilob dohiylari yaqin vaqtlarda amalga oshadi hamda u Yevropa mamlakatlaridan boshlanib, Amerika va Osiyoga yoyilishi hamda dunyoning yetakchi mamlakatlarida rus inqilobi tipidagi qonli bir to'ntarish bilan g'alaba qozonishi shaklida ro'y beradi, deb tushunat edilar. Shu sababli och va yalang'och xalqdan va "eksprioporsiya qilingan" (bor-yo'g'i talangan va o'zi mahv etilgan) burjuaziyadan talangan boyliklar ana shu "jahon inqilobi olovini yoqishga" sarflanardi. Dunyoning har qanday qismidagi inqilobiy harakatlarni qo'llash, Yevropadagi ishchi isyonlarini, Sharqdagi milliy-ozodlik harakatlarini moliyaviy jihatdan ta'minlash, Sovet hokimiyatining dastlabki davrlarida Germaniya (Bavariya), Vengriyadagi "Sovet respublikalari"ga qurol va pul bilan yordam berish Lenin va atrofidagilarning jahon inqilobi haqidagi orzularini ro'yobga chiqarish uchun qilingan edi. Leninning fikricha, Rossiyada o'rnatilgan proletar diktaturasi dunyo yo'qsullarining inqilobiy harakatining qo'rg'oni va katalizatori bo'lishi kerak edi. RKP (b)ning VIII syezdida qilgan chiqishida jahon inqilobi tashkilotchisi "Proletariatning butunjahon diktaturasini va jahon inqilobini har qanday milliy qurbonlardan ustun qo'yaman", deb aytgan edi.
Jahon inqilobi butun dunyoni Sovetlar qo'li ostida birlashtirishni va eski hokim sinflarni shafqatsiy suratda yo'q qilishni ko'zda tutardi. "Sovet hokimiyatining mohiyati,- deb yozgan edi shu munosabat bilan Lenin "Vengr ishchilariga salom" degan ishida (1919-yil, 27-may),- endi aniqroq bo'ldi: proletariat rahbarligidagi mehnatkashlar qo'llab-quvvatlagan hokimiyat dunyoning hech bir joyida Sovet hokimiyatidan va proletariat diktaturasidan boshqacha shaklda bo'lishi mumkin emas.
Bu diktatura ekspluatatorlar, kapitalistlar, pomeshchiklar, ularning gumashtalarining qarshiligini bostirish uchun ayovsiz, berahm, tez va keskin choralarni ko'rishni taqozo etadi"1.
Umuman olganda, 1922-yilda qabul qilingan Sovet Ittifoqini tashkil etish haqidagi deklaratsiyani ham Sovet Rossiyasi tarafidan dunyodagi inqiloblarni tezlashtirish va sotsialistik to'ntarishni amalga oshirgan xalqlarni "buyuk proletar oilasi"ga qabul qilishning boshlang'ichi sifatida talqin qilish mumkin. Rus tadqiqotchisi E. Rozinning qayd etishicha, shu shartnoma asosida SSSRning tuzilishi Lenin rejalashtirgan Butunjahon Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining debochasi edi, xolos. Bu hujjat endigina tug'ilib kelayotgan Sovet Ittifoqining asosiy maqsadi – proletar inqilobi yuz bergan o'lkalarni o'ziga qo'shib olish yo'li bilan dunyoni bo'ysundirish haqidagi dasturiy hujjati ham sanalardi2. I.Stalinning Leninni ko'mish marosimida qilgan qasamyodidagi so'zlarga diqqat qilinsa, kommunist rahbarlar hatto 1924-yilda va undan keyin ham "jahon inqilobi" xususidagi avanturalaridan qaytmaganini ko'rish mumkin. "Dunyodan ko'z yuma turib,- degan edi o'shanda I. Stalin,- o'rtoq Lenin bizga ittifoqdosh respublikalar safini mustahkamlash va kengaytirishni vasiyat qildi. Senga qasamyod qilamizki, o'rtoq Lenin, biz sening bu vasiyatingni sharaf bilan bajaramiz"1. (Qayd etish kerakki, Stalin bergan qasamyodiga oxirigacha sodiq qoldi, 1924-yilda Turkistondagi xalqlardan sun'iy davlatlar yasab Ittifoqqa qo'shib oldi, so'ngra Moldaviya, Boltiqbo'yi davlatlarini ochiqdan-ochiq harbiy yo'l bilan bosib oldi, II Jahon urushidan keyin Yevropani sovetlashtirish uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qildi).
Ammo o'sha olis 20-asrning 20-yillarida Lenin, Trotskiy va Stalin orzu qilgan, yetakchi G'arb davlatlarida boshlanib, keyin dunyoga tarqaladigan jahon proletar inqilobi ro'y bermadi. G'arbdan hafsalasi pir bo'lgan jahon inqilobi tashkilotchilari o'z e'tiborlarini Sharqqa qaratdilar.
"Bizning Sovet respublikamiz, -deb yozgan edi V.Lenin 1919-yilda, - o'z atrofida uyg'onib kelayotgan Sharq xalqlarini uyushtirishi lozim. Bu qiyin va o'ziga xos vazifa… Siz butun dunyoning ilg'or proletarlari bilan Sharqning aksar hollarda o'rta asr sharoitlarida yashayotgan mehnatkashlari va ekspluatatsiya qilinayotgan ommasining ittifoqining o'ziga xos shakllarini topishingiz lozim". (Ammo, Leninning shogirdlari va Rossiyaning hozirgi siyosiy elitasi ham, qariyb 90 yildan beri bunday ittifoq shaklini izlab topolmadilar)2.
1920-yilda esa Lenin uzil-kesil jahon inqilobining kaliti G'arbda emas, Sharqda va, Sovet Rossiyasi mustamlakalar hamda nomustaqil davlatlarning imperializmga qarshi umumjahon kurashiga boshchilik qilishi lozim, degan fikrga keldi. II Internatsionalning qaror loyihalarida u G'arb proletariatining inqilobiy hujumi Yer yuzining 70 foiz nufusunu o'zida jamlaydigan mustamlaka va yarim mustamlaka mamlakatlari xalqlarining revolutsion harakati bilan qo'shilib ketganida imperilazim mag'lubiyatga uchraydi, deb yozgan edi.
Kominternning II Kongressi qarorlariga ko'ra 1920-yilda Bokuda Sharq xalqlarining I syezdi bo'lib o'tdi. Bu syezd xalqaro kommunistik harakatning o'z faoliyatida G'arbdan Sharqqa keskin burilish yasaganini ko'rsatar edi.. Syezdda kominternning Sharq xalqlariga "Buyuk Rus proletar inqilobi"ga "imperialistik Yevropa hukumatlarini" ag'darishda yordam berish haqidagi chaqirig'i tarqatilgan edi. Mazkur inqilobning yangi ittifoqchilarini o'zlariga mahkamroq bog'lab qo'yish uchun syezd tashkilotchilari Marks va Engelsdan qolgan mashhur "Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!"shiorini ham "Butun dunyo proletarlari va ezilgan xalqlari, birlashingiz!" tarzida o'zgartirishga jur'at etdilar. Ish shunga borib yetdiki, Komintern huzurida Sharqni revolutsinlashtiruvchi "Sharq xalqlariga tashviqot va ta'sir qiluvchi Kengash" tuzildi1.
Mazkur yig'inda Sovet Rossiyasi bilan hamkorlikda ingliz va fransuz kapitalistlariga qarshi "muqaddas urush" olib borish haqida chaqiriqlar yangradi3. Ushbu syezd bolsheviklarning o'sha yillardagi ish usullariga mos ravishda ko'rgazmail-tashviqot usulida o'tkazilgan bo'lsa-da, kommunistlarning Sharq xalqlarini "revolutsionlashtirish" va "madaniylashtirish" (birinchi navbatda, o'z hukmlari ostidagi musulmon-turk xalqlarini) hamda "imperializmga qarshi qo'yish" niyatlarining jiddiy ekanligini namoyish qilgan edi. Ta'kidlash lozimki, ayni ana shu syezddan keyin Boku shahri bolshevizmning Sharq siyosatining tamoyillarini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan markazga aylana bordi. Azni shu markazda 1922-yilda lotin alvafitiga o'tgan Ozarboyjon namunasini butun SSSRdagi turkiy xalqlar orasida yoyish g'oyasi ham tug'iladi.
Bolsheviklar qo'li ostidagi Ozarboyjonning o'sha yillardagi rahbari Samadog'a Agamali o'gli (Агамалы-Оглы C.) 1922-yilda Lenin bilan bo'lgan uchrashuvida inqilob yo'lboshchisning Sharq xalqlari yozuvini lotinlashtirish g'oyasini juda iliq kutib olgani hamda uni "Sharqdagi inqilob" deb atagani lotinlashtirish harakatiga zo'r berilishiga olib keldi1.
Sharq xalqlarining yozuvini lotinlashtirish bilan, bizningcha, bolshevik liderlar bir qancha maqsadlarga erisishni ko'zlagan edilar:
1. "Mazlum Sharq xalqlarini" revolutsionlashtirish, bu yerda sotsialistik, hech bo'lmaganda, xalq inqiloblarini amalga oshirish hamda uni jahon proletar inqilobining tarkibiy qismiga aylantirish; bu maqsadda Komintern tarkibiga hatto Rossiyaning azaliy dushmani Anvar Posho (u Qizil Armiyaning Hindistonga yurishini tashkil etib berishi kerak edi) hamda turli hind, mo'g'ul... ihtilolchilari (qo'zg'olnchilari) ham kirgizilgan edi.
2. Yevropada shakllangan marksizm-leninizm va xalqaro kommunistik harakat nazariyasi va amaliyotini kengroq yoyish uchun bu ishga jiddiy halaqit beradigan hamda o'z vaqtida F. Engels "la'nati yozuv" deb atagan arab yozuvi o'rniga xalqaro yozuvni joriy qilish. Lotin yozuvini joriy etish Sharq tillarida kommunistik adabiyotni keng miqyosda chop etish va tarqatishga zordam berardi.
3. Lotin zoyuvini joriy etish islom dini hamda milliy an'analarning yerli xalqlarga ta'sirini susaytiradi, shu usul bilan mazkur xalqlar orasida ateistik tashviqot olib borish va din, o'tmish madaniyati hamda an'analarini "eskirgan, reaksion" deb e'lon qilish mumkin bo'ladi.Kommunistik ideologiya esa bunday reaksion narsalarni "ishchi va dehqonlar sinfi" hayotidan butunlay surib chiqarishni talab etar edi. (Keyinroq shunday bo'ldi ham).
4. Lotin alfavitiga o'tish Rossiyaning Shaqdagi mulklaridagi turkiy va musulmon xalqlarni sovetlashtirish, ruslashtirish uchun bir vosita bo'lib xizmat qiladi.
5. Hozircha yagona yozuv (arab yozuvi)da ish ko'rayotgan musulmon va turkiy xalqlarning yozuv hamda til bitligiga barham beriladi, ularga o'z vaqtida Ilminskiy orzu qilganidek "o'z shevalariga" asoslangan adabiy til va yozuv yaratish tavsiya etiladi. Bu bilan Rossiyadagi turkiy va musulmon xalqlarning orasiga "yozuv devori" quriladi.
Albatta, Sovet hokimiyati va III Xalqaro Internatsionalning o'sha paytdagi joriy siyosiy konyukturadan kelib chiquvchi boshqa niyatlari ham bor bo'lgan bo'lishi mumkin. Buni aniqlashni keyingi tadqiqotlarga qoldiramiz.
Ta'kidlash lozimki, na nazariy va na amaliy jihatdan asosi bo'lmagan va bolsheviklarga aytarli naf keltirmagan "jahon proletar inqilobi" g'oyasi 1924-yildayoq (Leninning o'limidan keyin) o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. O'sha yili 24-dekabrda I.Stalin o'zining hayotida qilgan eng muhim nazariy "kashfiyoti"ni e'lon qiladi. "Pravda" gazetasida yozgan maqolasida u jahon inqilobini kutib turmay, "alohida olingan bir mamlakatda" (Sovet Ittifoqida) sotsializm qurish mumkinligi xususidagi nazariyani bayon qiladi2. Bu nazariya tezda Kommunistik partiya faoliyatining asosiy nazariy poydevorlaridan biriga aylandi. "Alohida olingan bir mamlakat"da sotsializm qurilishi g'oyasi ham madaniyatga tajovuzkorligi bilan ajralib turadiki, buni o'rni bilan tahlil qilamiz.
Kommunistik ideologiya hamisha nimanidir inqilobiy yo'l bilan o'zgartirish bilangina tirikdir, shu sababli "jahon inqilobi" nazariyasining asosiy tezislari "Sharqdagi inqilob" ("Pеволюция на Востоке") deb nomlangan yangicha bolshevistik platformada davom ettirildi hamda musulmon Sharq xalqlarining yozuvini lotinlashtirish "Sharqdagi inqilob"ning tarkibiy qismi edi. Bolshevistik hukmron doiralar amalga oshirishga urihgan "Sharq inqilobi", "Madaniy inqilob" kabi "inqiloblar" o'z mohiyatiga ko'ra, siviliyatsiyaga, madaniyatga qarshi qaratilgan, an'anaviy madaniyat, ma'naviyat tushunchalari o'rniga "sinfiy", "ideologik (proletar, sotsialistik, kommunistik…)" madaniyatni shakllantirishni targ'ib etuvchi kampaniyalar edi. Ha, ayni kampaniyalar edi. Ular shart-shroit, siyosiy konyukturaga qarab o'zgarib turardi, ammo antisivilizatsion xarakteri hech o'zgarmasdi. Shu sababli sobiq Ittifoqdagi turk-musulmon xalqlari yozuvini lotinlashtirish g'oyasi o'lmadi, jahon inqilobi g'oyasi bilan birga siyosiy maydondan chiqib ketmadi. U yashab qoldi va kommunistlarning Sharq siyosatining eng muhim qismiga aylandi. 1926-yilda Bokuda to'plangan 1-Turkologiya qurultoyida bu g'oya hayotga joriy etilish huquqini qo'lga kiritdi.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling