1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Download 365.5 Kb.
bet1/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403


Lotin yozuviga o'tish: masalaning tarixi, sabablari, oqibatlari

Reja:
1. Masalaning nazariy aspektlari


2. Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi
2.1. Turkiyadagi yozuv islohoti
2.2. Rossiya imperiyasidagi turkiy xalqlarda alfavitni
lotinlashtirish harakatlari. Ozarboyjon namunasi
3. Sovet davridagi lotinlashtirish jarayonlari
I Alfavitni lotinlashtirish "jahon proletar inqilobi"ni tezlashtiruvchi
vosita sifatida
II. Madaniy inqilob ehtiyojlari yozuvni lotinlashtirishning sabablaridan biri sifatida
4. 1926-yilgi Boku Turkologiya qurultoyi qarorlari
5. YTA BMIQ faoliyati
6. O'zbekistonda lotin yozuviga o'tish (1929)
Ma'lumki, bolshevik inqilobining dohiysi V. Leninning taklifi bilan 1922 yilda Rossiya imperiyasining kommunistlar ixtiyorida qolgan qismida SSSR – Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tuzila boshlandi. 1922 dekabrda mazkur "Qizil imperiya"ning 69 yil surgan tarixi "ixtiyoriy tarzda" birlashgan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Armaniston va Ozarboyjon davlatlari vakillari imzolagan "ittifoq shartnomasi" bilan boshlangan edi. Bu vaqtda Turkiston ASSR Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida bo'lib, Xiva va Xorazm jumhuriyatlari nominal "mustaqillik"ka ega bo'lgan davlatlar sifatida mavjud edilar.
Vladimir Lenin 1923-yilda yozgan o'zining so'ngi xatlaridan birida "Turkistonni O'zbekiya, Turkmaniya va Qirg'iziyaga bo'lib tashlash kerakligini" uqtirgan edi. Rossiya kommunistik partiyasi (RKP (b)) Markaziy komiteti Siyosiy Burosi ham shu xususda qaror qabul qilganidan so'ng 1924-yil oktabr – 1925-yil fevral oylarida Turkiston ASSR, Xorazm, Xiva Cumhuriyatlari zaminida O'zbekiston va Turkmaniston Respublikalari tuzildi, 1929 yilda Tojikiston, 1931 yilda Qirg'iziston, 1936-yilda Qozog'iston "ittifoqdosh respublikalar" maqomiga ega bo'ldilar va shunday qilib, inqilob yo'lboshchisining topshirig'i muvaffaqiyat bilan uddalanadi. Lenindan keyingi davrda Sovet rejimini boshqargan Iosif Stalin 1924-36 yillar orasida O'rta Osiyoda 5 ta ittifoqdosh respublikani barpo etdi. Bu tarixiy ma'lumotlarni bejizga keltirayotganimiz yo'q; mintaqadagi bugungi mustaqil davlatlar duch kelayotgan qiyinchiliklar, jumladan, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy integratsiyada vujudga kelgan muammolarning ildizi ham o'sha milliy chegaralanishga borib taqaladi.
Minataqa xalqlari o'rtasidagi til, yozuv va imloda vujudga kelgan va bugungi kunda bartaraf etib bo'lmas to'siqlarga aylangan muammolar ham "milliy chegaralanish" siyosatining mevasidir.
1924-yildan keyingi davrda vujudga kelgan "ittifoqdosh respublikalar"da o'z madaniy hayotining dolzarb muammolarini mustaqil hal qilish huquqi boshidan bo'lmagani ayon, shu sababli til, yozuv va imlo siyosatidagi o'zgarishlarning barchasi endi Markazning ko'rsatmasi, ruxsati va maslahati bilan amalga oshirilar edi. O'rta Osiyo sovet respublikalarida amalga oshirilgan "lotinlashtirish" jarayonlarida ham ana shu holni ko'ramiz.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling