1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi
Download 365.5 Kb.
|
1447865310 62403
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logografik yozuv namunalari
Logografik yozuvda bir rasm (belgi)ning bir so'z (logos, fikr)ga teng bo'lishi bu yozuvni xalq orasida keng ommalashuvini qiyinlashtiradi, mazkur yozuv tipida faqat keng ommaga yaqindan tanish bo'lgan tushunchalar ifodalanishi mumkin. Jumladan, Qadimgi Misrda ushbu yozuvda xalq uchun tanish lavhalar (aytaylik yaqinda o'lgan fir'avnning hayoti tarixi) bitilgan. Aynan Qadimgi Misr ieroglifiyasining demostik (xalqona) uslubi qadimgi va bugungi semit yozuvlari (masalan, arab va yahudiy yozuvlari)ning shakllanishiga asos bo'lgan. Logografik yozuvdan namunalarga e'tibor bering (keyingi betda).
Maykur yozuv tipi faqat tarixning ma'lum bir etapida foydalanishga yaroqli hamda uning u yoki bu til tipiga moslanganligi haqida gapirish qiyin. Ierogliflar qariyb barcha xalqlarning tarixida uchragani ma'lum. Eng ibtidoiy odamlarning qoya suratlari ieroglif-piktograflarning yaqqol namunasidir. Ideografik yozuvning ushbu xususiyatlari tufayli yozuvning takomillashish jarayoni bilan mos ravishda eskirib, iste'moldan chiqa borgan. Tarixda ideografik yozuvning boshqa yozuv bilan almashtirilgani xususida ma'lumotlar yo'q. Ushbu yozuv tarixning ma'lum bosqichining mahsuli va aloqa vositasi bo'lib, u kezingi davrning kommunikatsion jarayonlariga mos kelmaganligi tufayli o'tmish mulkiga aylangan. Sillabografiya harfning tovush birikmasi – bo'g'inni ifodalashi bilan boshqa yozuv turlaridan farq qiladi hamda bir harfning bir necha tovushni ifodalashi harfga ilova qilingan shartli belgilar orqali o'sha bo'g'inning boshqa tovushlarini ifoda va idrok qilish usullarining bu yozuvdan joy olishini taqozo etadi. Sillabografik tizimda ko'pincha yozuvda undoshlar aks ettiriladi. Unlilar undoshlarning xarakteriga, tilning bo'g'in tuzilishi tipiga ko'ra xat ustu, xat osti belgilari, asosiy harf bilan yordamchi harf o'rtasidagi qo'shimcha belgilar kabi vositalar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv tizimi Logografik yozuv namunalari
hozirda ham faoldir va Xitoy va Yapon yozuvlari, arab grafikasi va boshqalar (pastdagi jadvalga qarang) sillabik yozuvning yaqqol namunasidir. Bu yozuv amorf til bo'lgan xitoy tili va dialektlari, kampuchi tamil va malaya tillariga juda mos kelishi bilan ajralib turadi. Biroq bu yozuvdan hozirda yapon tili kabi Oltoy til oilasiga mansub tillar ham foydalanayotgani ma'lum. Download 365.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling