1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Download 365.5 Kb.
bet6/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403

Fonografik yozuv insoniyatning yozish madaniyatida erishgan yutuqlarining barchasini o'zida jamlaydi va ushu grafik sistemaning mohiyatida til tovushlarini maksimum ifodalashga intilish yotadi. Bu yozuv o'rganish va o'rgatishga qulayligi, asosiy nashriyot, axborot va informatsion texnologiyalari shu yozuv tipini qo'llovchi (ishlatuvchi) tillar vositasida yaratilgani tufayli bugungi kunda xalqaro jamoatchilik tarafidan "eng qulay" yozuv turi sifatida qabul qilinadi. Bu psixologik taassurot, albatta bu yozuvlar tizimida ham juda eski ildizlarga ega muammolar borligini inkor etmaydi.
Jumladan, fonografik yozuv juda konservativdir. Ma'lum bir davrda so'zning fonetik "qiyofasiga" qarab shaklga solingan grafik so'zshakl bu so'zning talaffuzi mutlaqo o'zgarganda ham eskisidagiday saqlanib qolaverishi kabi hollarning mavjudligi masalasini ko'rib o'taylik. Ingliz tilidagi "daughter" (qiz) so'zining o'rta asrlardagi talaffuzi "dauhtar" bo'lgani uchun u o'sh zamonda yuqoridagi shaklda grafik ifodalangandi, bugungi kunda bu so'z "do:te" sifatida talaffuz qilinadi, ammo so'zning grafik ifodasi o'zgarmadi. Tildagi tovushlar tizimi abadiy, o'zgarmas emas. Til tovushlari ham paydo bo'ladi, yashaydi va "o'ladi" – iste'moldan chiqib ketadi, yozuv bu hodisalarni kamdan-kam hollarda inobatga oladi, unda sobitlik tamoyili ustundir.
Fonografik yozuv namunalari

A B C D E F G H I K L M N O P Q R S T V X Y Z
Lotin-Roman yozuvi



Turk-Run yozuvi


Mo'g'ul (eski uyg'ur)
yozuvi


Yahudiy yozuvi


Kiril yozuvi


Yunon yozuvi


Xalqaro fonetik alfavit (IPA)


Avesto yozuvi


Arman yozuvi

Demak, fonografik yozuvning ham o'z manfiy va musbat taraflari bor.


Fonografik yozuvlar aglutinativ va qisman flektiv tillarning tabiatiga ko'proq mos kelishini aytib o'tish kerak.
Yuqoridagi qisqa sharhlardan ham ko'rinadiki, hozir faol iste'molda bo'lgan yozuv tizimlari va turlari har biri o'zlarida tugal shakllangan semiografik sistemani shakllantirgan hamda ular o'zlari mansub bo'lgan tilning intellektual-informatsion va logik-lingvistik imkoniyatlarini ro'yobga chiqara oladilar. Shu sababli ma'lum bir yozuv tipi va turini progressiv, boshqasini regressiv, qoloq va boshqa deb xulosa chiqarish yaramaydi.



Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling