1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Download 365.5 Kb.
bet14/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403

Terminologiya masalasi ham qurultoyda maxsus qarab chiqildi. Ozarboyjon delegatsiyasining vakili prof. B. Cho'ponzoda (B. Чобан-Заде) bu xususda ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Yevropada "tor ma'nodagi ilmiy atamalarni nazarda tutganda yagona ilmiy til mavjudligini" eslatib o'tadi. Turkiy tillar uchun umumiy terminologiya yaratishda ham ana shu yo'ldan borish kerak; olimning fikricha, " …(turkiy tilga) moslashtirilgan arab-fors o'zlashmalarni saqlab qolib, kelgusida Yevropa tillaridan so'zlar olib hamda yagona umumturk so'z boyligining umumiy unsurlarini muomalaga kiritib" , shu yo'llar bilan turkiy xalqlar uchun umumiy terminologiya yaratish mumkin. Cho'ponzodaning takliflarini ozarboyjon vakillaridan Zeynalli (Зейналлы) qo'llab-quvvatlab chiqib, "barcha turkiy xalqlar uchun terminologiyani shakllantirishning bir xil tizimi va tamoyillarini joriy qilish" lozimligini ilgari surdi.
Bu ilmiy asoslangan takliflar bilan birga, termin tanlash masalasida ba'zi g'ayriilmiy qarashlar ham ilgari surildi. Masalan, Zifeldt (Зифельдт) degan ma'ruzachi turkiy tillarda terminlarni shakllantirishda "keng xalq qatlamlari va mehnatkash omma ko'p qo'llovchi so'zlarni" atama sifatida tanlash lozimligini asoslashga urindi.
Qurultoyda terminologiya masalasida quyidagi qarorlar qabul qilindi: a) umumturk terminlar so'zligini tuzish majburiyati haqida; b) joylarda (turkiy tilli sub'ektlarda) terminologiya komissiyalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish.
Qurultoy qabul qilgan qarorlarning ichida bu ilmiy anjumanni doimiy ravishda tashkil etib turish va navbatdagi Turkologiya qurultoyini ikki yil keyin, 1928-yilda O'zbekiston SSRning poytaxti Samarqand shahrida chaqirish xususidagi qaror ham mavjud edi. Ammo 1928-yilda va undan keyin ham bu qurultoy tashkil etilmadi va 1973-yildagina Bokuda, endi sof ilmiy anjuman sifatida II Turkologiya qurultoyi chaqirildi. Respublikamiz poytaxti Toshkent esa oradan 52 yil o'tgach, 1980-yilda III Turkologiya qurultoyiga mezbonlik qildi.
Boku qurultoyi qarorlari, qabul qilingan davriga qiyosan olganda, progressiv qarorlar edi. Ammo, keyinchalik hukmron rejim bu qarorlarning birortasini ham to'la hayotga kechishiga yo'l qo'ymadi.
Umuman olganda, 1926-yilgi Boku Turkologiya qurultoyi turkiy xalqlarning 20-asrdagi madaniy taraqqiyotida o'chmas izlar qoldirildi. Bu anjumanning qarorlari xalq ta'limi, madaniyat va san'atning keyingi taraqqiyotida katta rol o'ynadi.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling