1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi
Download 365.5 Kb.
|
1447865310 62403
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alfavitlarning afzalligi haqida.
- Millatlarning oz taqdirini ozi belgilash huquqi va yozuv.
Alfavit haqidagi masala aslida lotin yoki arab alfavitining afzalligini isbotlash tarzida qo'yilgani uchun lotin yozuvi tarafdorlari har jabhada o'zlarining ustunligini isbotlashga tirishdilar. Ushbu masala bo'yicha asosiy ma'ruzalardan birini qilgan prof. N.F. Yakovlevning (Н. Ф. Яковлев) bayon etgan fikrlariga2 e'tibor qilsak, lotinchilarning argumentlari quyidagicha ifodalanadi.
Alfavitlarning afzalligi haqida. Turkiy xalqlar yozuvini lotinlashtirishning ashaddiy tarafdori bo'lgan va bir vaqtlar xuddi E.D. Polivanovga o'xshab XKS va Kominternda kichik amaldor bo'lib ishlagan bu olim lotin va arab yozuvlarini zamonaga xizmat qilish nuqtai nazaridan chog'ishtirib yozadiki, tarix arab yozuvi ustidan o'z hukmini chiqardi. Bu yozuv islom dini tarqalgan joylargagina yoyilgan edi, xolos, hozirgi paytda u birin-ketin o'zi amalda bo'lgan hududlarini yo'qotmoqda. Shu sababli bu yozuvni barcha turkiy tillarga joriy etish haqida so'z bo'lishi mumkin emas (menimcha, muallif yoqut, tuva, xakas, dolgan… kabi musulmon bo'lmagan turkiy xalqlar mavjudligini nazarda tutib shunday demoqda), bu esa arab yozuvining madaniyat vositasi sifatida cheklanganini- kursiv bizniki – J.E.) ko'rsatadi3. Albatta, prof. N.Yakovlevning bu fikrida ilmiylikdan ko'ra mafkuraviylik ko'proqligini aytish kerak. Lotin alfaviti hamda kiril yozuvining dunyoga tarqalishi xristianlik va missionerlikning yoyilishi bilan baravar borganligi hamda lotin va kiril harflarining ham faqat xristianlik yoyilgan joylarda amalda bo'lib kelayotgani fakti ham borki, buni ularning na aybi va na fazilati deb sanash mumkin, bu hollar tarixning mahsuli bo'lgani uchun muhokamaga muhtoj emas. Arab yozuvining "cheklangan madaniyat vositasi" haqidagi tezisni muhokama qilib o'tirishga hojat yo'q. Millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi va yozuv. Prof. N. Yakov-levning lotin yozuvining foydasiga keltirgan argumentlarning yana biri millatlar milliy o'zlikni tanish va o'z taqdirini o'zi belgilash chog'ida "fan va yozuvni alfavit masalasida dindan ajratgan holda" qaraydilar. Muallifning fikricha, ana shunday jarayonni boshdan kechirayotgan turkiy xalqlar "fan va yozuvni dindan ayirish" pallasiga yetib keldilar, shu sababli "eng yangi yevropa texnikasi, matbaa talablariga javob beradigan" yozuvni tanlash kerak bo'ladi1. Prof. N. Yakovlev ana shunday bir-birini inkor etuvchi argumentlash-dalillashda so'ng turkiy xalqlar qabul qilishi mumkin bo'lgan yagona yozuv – lotin alfavitidir, degan xulosani bayon etadi. U Tatairton va Qozog'istonda buning o'rniga arab yozuvini isloh qilish harakatlari hali davom etayotganligiga e'tiborni qaratadi va lotinlashtirish turkiy xalqlar uchun "tarix tarafidan belgilangan" ("историей предусмотрено") hodisa ekanligini yana bir marta eslatgan holda qarshi harakatlarning samara bermasligini ta'kidlaydi. Prof. N. Yakovlevning nutqidagi eng e'tiborli o'rinlardan biri Sovet rejimining turkiylar va Sovetlar Birligidagi boshqa xalqlarni nega kiril yozuviga emas, balki lotin yozuviga o'tkazishni mo'ljallayotganinin sabablari to'g'risidagi qismi edi. "Bu masala yozuvining texnik tarafiga emas, balki ijtimoiy va madaniy masalalarga borib bog'lanadi. Rus alfaviti tarixan aksariyat Sharq xalqlari orasida olb borilgan ruslashtirish siyosati va missionerlik faoliyatlari bilan bog'liq. Bu hol shunday sharoitni tug'diradiki, o'z milliy yozuvlarini yaratar ekan, ular rus alfavitini hecham qabul etmaydilar. Uni ilgari qabul qilgan va musulmon madaniyati ta'siridan chetda bo'lgan xalqlar ham hozirda bu yozuvni rad etmoqdalar. Shunday qilib, turkiy xalqlar o'rtasida rus yozuvini keng yoyish masalasi ijtimoiy va madaniy munosabatlar bilan bog'lanmoqda2. Prof. N. Yakovlevning ayni shu masalada haqiqatga to'g'ri keladigan fikrlarni bayon etganini qayd etish kerak. 1926-yilgi qurultoyda Sovet rejimining turkiy xalqlar va boshqa musulmon xalqlariga rus alfavitini qabul qilishni taklif etmaganligining sababi ham bundan 9 yil ilgari ag'darib tashlangan podsho rejimining ishini takrorlamaslikka urinish edi. (Axir, mehnatkash xalqning hukumati bo'lgan Sovet hukumati "oq podsho malaylari" Ilminskiy va Ostroumovlar kabi ish tutmasligi kerak edi-da. Bundan ko'ra proletariatning xalqaro birligiga xizmat qiluvchi lotin yozuvini tavsiya etgan ma'qul). Shu kabi, Sovet rejimining kiril alfavitini joriy etishdan o'zini tiyishining yana o'sha jahon proletar revolutsiyasi g'oyasiga bog'liq tarafi bor. Yetakchi bolshevik rahbarlardan A.V. Lunacharskiy (А. В. Луначарский) hatto rus alfavitini lotinlashtirishga jiddiy ahamiyat bergan ekan. Bu arbob V. Lenin bilan uchrashganida "jahon proletariatining yo'lboshchisi " Rus yozuvini ham lotinlashtiradigan kunlar kelishiga men ham ishonaman, ammo hozir shoshma-shosharlik bilan harakat qilish ehtiyotsizlik bo'lurdi", degan ekan. Bu gapning haqiqatga yaqinligiga shu shahodat beradiki, 1929-yili RSFSR XMK rus yozuvini lotinlashtirish yo'l-yo'riqlarini ishlab chiquvchi maxsus komissiya tuzdi. Komissiyaning 1930-yil 14-yanvarda bo'lib o'tgan majlisi bayonida quyidagicha yozilgan: "Rus alfavitini lotinlashtirishni rus yozuvi va matbaasini SSSR xalqlari uchun yagona bo'lgan lotin harflariga asoslangan xalqaro alfavitga o'tkazish hamda butunjahon xalqaro alfavitini yaratish bo'yicha ishlarning birinchi bosqichi deya qabul qilinsin. Yaqin vaqtlarda ruslarning yagona xalqaro alfavitga o'tishi shubhasizdir"1. O'z vaqtida taniqli sovetolog Valter Kolarz (Kolarz, V.) haqli qayd etganidek, "alfavitni lotinga o'zgartirish "Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!" shiorini hayotga joriy etishga, jumladan, G'arb proletariati bilan Sharqdagi mehnatkashlar ommasi o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga yordam berishga qaratilgan edi. Ana shu sabablarga ko'ra qaysidir alohida xalq yoki xalqlar guruhi bog'liq bo'lgan yozuv, masalan, kirillitsa emas, balki universal lotin alfaviti tanlandi"2. Ammo, voqealarning keyingi rivoji rus yozuvini lotinlashtirish haqidagi bolshevik rahbarlar ko'targan shov-shuv vaqtinchalik bir kampaniya bo'lganini, uning maqsadi turkiy xalqlar vakillarini yozuv almashtirish muammosidan chetga tortish ekanligini ko'rsatdi. Shuningdek, aslida rus yozuvi "SSSR xalqlari uchun yagona bo'lgan xalqaro alfavit"ga emas, aksincha, boshqa xalqlar tarixan qisqa muddat ichida "rus yozuviga" o'tkazildi. Bu xususda kelgusida takror to'xtalamiz. Arab yozuvini yoqlab chiqqan asosiy delegat Tatariston vakili Olimjon Sharopov (Алимджан Шарафов) bo'ldi. U lotin yozuviga o'tgan Ozarboyjon namunasining ishonarli bo'lmagani, bu o'rnakni butun turklar orasida tarqatish o'rinli emasligini aytib, barcha kuch-g'ayratlarni hozir amalda bo'lgan yozuvni mukammallashtirishga chaqirdi. O.Sharopovni bir qancha tatar delegatlar hamda Qozog'iston vakillaridan, qozoq tili uchun isloh qilingan arab yozuvini yaratgan Ahmad Boytursunov ham qo'llab-quvvatlab gapirdi. Qurultoyga O'zbekistondan Xalq maorifi komissari R. Inog'omov boshchiligida Xolid Said, prof. G'ozi Olim (Yunusov), Bekjon Rahmon kabi olimlardan tashkil topgan delegatsiya kelgan edi. Ular yakdillik bilan lotin alfavitini yoqlab chiqdilar. Jumladan, Xolid Said Samadog'a Agamalio'g'lining 1924-yilgi Orta Osiyo safarida lotinlashtirish g'oyasi yaxshilab tushuntirib berilganini ham uqtirib o'tdi3. Umuman, qurultoyning alfavit masalalarini ko'rib chiqqan majlislarida 20 dan ko'proq delegat so'zga chiqdi va ularning aksariyati turkiy xalqlarning lotin alfavitiga o'tishini yoqlab gapirdilar. Shu masala yuzasidan qabul qilingan qarorda o'qiymiz: "Sharopov, To'raqulov, Aliyev,, professor Jirkov (Жирков) va professor Yakovlev o'rtoqlarning va Dog'iston XKS raisi o'r. Qorqmasovning (Коркмазов) Ozarboyjon, barcha Kavkazorti, O'zbekiston, Qirg'iz (Qozoq), Dog'iston, Turkiston, Yoqut, Boshqird respublikalari va Shimoliy Kavkaz muxtor viloyatlari nomidan qilgan yakunlovchi nutqlaridan keyin quyidagi rezolutsiya qabul qilindi: 1. Yangi turk alfavitining arab va isloh qilingan arab alfavitidan afzalliklari va texnik jihatdan qulayligini, shuningdek, yangi alfavitning arab alfavitiga nisbatan katta madaniy-tarixiy va progressiv ahamiyatini qayd etib; shuning bilan birga Qurultoy yangi alfavitni joriy etish va uni kuchga kiritishni har qaysi turk-tatar respublikasining va har qaysi xalqning o'z ishi ekanligini bildiradi. 2. Shu bilan birgalikda, Qurultoy Ozarboyjon va boshqa SSSR viloyatlari va respublikalarida (Yoqutiston, Ingushiston, Qorachoy-Cherkes, Kabardin, Bolqar va Osetiya) yangi turk alfavitining muomalaga kiritilganining katta ijobiy ahamiyatini qayd etadi. 3. Yuqorida nomi sanab o'tilgan SSSRning viloyatlari va respublikalarida yangi turk (lotin) alfavitini joriy qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning buyuk ijobiy ahamiyatini qayd etib va uni qizg'in qutlab, Qurultoy butun turk-tatar xalqlarigao'zlarida shunday tadbirni o'tkazilishi ehtimolidan kelib chiqqan holda Ozarboyjon va boshqa SSSR viloyat va respublikalarining tajribasi va usullarini o'rganishni tavsiya etadi". Ushbu qarorni qo'llab 101 vakil, qarshi 7 vakil ovoz beradilar, 6 kishi betaraf qoladi. Turkiy xalqlarning tarixi va madaniyatida chuqur iz qoldirgan qarorlar ana shu taxlit qabul qilinadi. Qurultoyda qabul qilingan 34 harfli yangi Turk alifbosi Qurultoyning qarorlari tavsiya xarakteriga ega bo'lsa-da, 20-yillarning ikkinchi yarmida sobiq SSSRdagi ijtimoiy muhitdan kelib chiqib fikr yuritsak, u arab yozuvi ustidan chiqarilgan o'lim hukmi edi. Qarorda, shuningdek, ming yillik madaniyat yaratilgan arab yozuvini saqlab qolish, ilmiy maqsadlarda o'rganish, uni maktabda o'qitish xususida so'z ketmaydi. Ammo, bu qurultoyni chaqirganlar hamda uning qarorlari loyihalarini tayyorlab va so'ngra ma'qullatib olganlarning niyatlari bundan-da ziyoda edi. Syezdni yopar ekan S.Agamali o'g'li shunday deydi: "Yangi ozod insoniyatni vujudga keltirishga, shubhasiz, syezd o'z hissasini qo'shdi. Sharqning, insoniyatning katta qismi chet elliklar zulmi va o'z qoloqligi natijasida qullikda yotgan Sharqning chegarasidagi ko'pmillionli xalqlarning madaniy taraqqiyotiga to'g'ri ilmiy asos yaratib berilishi o'sha qul Sharqni titratadi"1. Bu gaplardan "jahon inqilobi" g'oyalari "hidi kelayotgani" bilan birga syezd qabul qilgan qarorlarni butun Sharqqa yoyish ishtiyoqi ham seziladi. Imlo masalasi ham Qurultoyda qizg'in muhokama qilindi. Bu xususda asosiy ma'ruzachi prof. L. Sherba (Л. Щерба) edi. Olim imloning mavjud tamoyillarini sanab o'tib, "turkiy tillar uchun fonetik va etimologik tamoyillarni aralashtirib qo'llash va har bir alohida holda bu kombinatsiyaning o'ziga xos ko'rinishini qo'llash o'rinli ekanligini" ta'kidlab o'tadi. Tatariston vakili Galimjon Ibrohimov (Галимджан Ибрагимов) turkiy xalqlarda hozirda mavjud va kelajakda hukm suradigan "provinsialllik", ya'ni u yoki bu so'zni har kim o'z tiliga moslab yozishga qarshi kurash e'lon qilishni taklif etadi. Eski yozuv va umumturk madaniy integralizmining ashaddiy tarafdori bo'lgan bu shaxsning chiqishida Sovet hukumatining turkiy xalqlarni lotin alfavitiga o'tkazishdan maqsadi ularni bir-biridan uzoqlashtirish ekanini anglash va unga qarshi turish intilishlari yotadi. U "turkiy tilllarning madaniy-adabiy federatsiyasi" g'oyasini olg'a suradi, bu g'oyaga ko'ra "har bir til o'z tuzilishiga ko'ra muxtor bo'lishi kerak, ammo barcha turkiy tillar uchun umumiy asoslar bor, ularga mutlaqo diqqatni qaratish kerak"2. Qurultoyda "turkiy tillarning madaniy-adabiy federatsiyasi" masalasidan boshqa hamma masalada ma'ruzachilar taklif etgan tamoyillar aks etgan qaror qabul qilinadi. "Federatsiya masalasi ochiq qoldirililadi. Bu - bejizga emas. Download 365.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling