1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Download 365.5 Kb.
bet16/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1447865310 62403

a

(a)

o

b

(be)

B

c

(che)

Ch

ç

(j)

J

d

(de)

D

e

(e)

E

ә

(a)

ä (tiloldi a)

f

(fe)

F

g

(ge)

G

q

(qe)

Q

h

(he)

H

i

(i)

i (tiloldi i)

j

(ye)

Y

k

(ka)

K

l

(le)

l

m

(me)

m

n

(ne)

s

ŋ

(nge)

ng

ƣ

(g'e)

g'

o

(o)

o'

ө

(o')

ö (tiloldi)

p

(p)

g'

f

(fe)

f

r

(re)

q

s

(se)

s

ş

(she)

sh

t

(te)

t

u

(u)

u (tilorqa)

ү

(u)

ü (tiloldi)

x

(xe)

xe

z

(ze)

ze

ž

(je)

qorishiq j

ь

(i)

i (tilorqa)

`

apostrof belgisi




Alifbedan ko'rinib turibdiki, o'zbek tili unlilarini ifodalash uchun unda 9 ta harf qabul qilingan edi. Qator tadqiqotchilar bu holni mazkur alfavitning afzalliklaridan biri edi, deb hisoblasalar1, boshqalari buni 29-yilgi alfavitning nuqsonlaridan biri deb hisoblaydilar2. Bizningcha, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar biror millatni alifbesini almashtirishga majbur qilganda yoki yozuvi yo'q xalqqa yozuv yaratilayotganda bu xalq tilining barcha tovushlarini maksimum darajada aks ettirgan alfavit tuzilishi kerak. Yozuv tilning barcha boyliklarini va muhimi, uniong tipologik belgilarini ifoda etishi lozim. Turkiy tillar uchun fonetik qurilish borasidagi asosiy belgi – singarmonizm qonuniyatining mavjudligidir. Bu qonun turkiy til hisoblanmish har qanday tilda eng kamida 8 unlining mavjudiyatini talab qiladi. 29-yilda bunga e'tibor bergan edilar. Ammo ayni shu nuqta keyinchalik ziyolilar orasida bahs-munozaraga sabab bo'ldi. Bir qism ziyolilar, ayniqsa, sovet davrida yetishib chiqqan yosh ziyolilar, alfavitga 9 unli kiritilganligini xato deb hisoblay boshladilar, ularning fikricha, yetakchi o'zbek shevalarida, jumladan, Toshkent va Farg'ona guruhi shevalarida to'qqiz emas, olti unlining mavjudligi (ya'ni o, a (tiloldi), e, u (tiloldi), o' (tiloldi), o (tilorqa keng, lablanmagan) tufayli mazkur hol bu shevada gaplashadigan kishilarga qiyinchilik tug'dirgan3. O'sha paytlari Maorif Xalq komissarining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlayotgan Botu ham bu xususdagi tortishuvlarga o'z munosabatini bildirgan: "Bir necha yillik tajribamiz hozirgi to'qqiz cho'zg'i (unli – E.J.) omma uchun so'ng daraja og'irlik keltirishini ko'rsatdi. Albatta, ziyoli, munavvar tabaqa uchun bu u qadar og'ir emas. Lekin biz til va imloni bu tabaqaning monopoliyasi demaymiz, shunday bo'lgandan keyin omma bilan ham hisoblashishga to'g'ri keladi"4.
Bu xususdagi bahslarda E.D.Polivanov kabi olimlar ham ishtirok etib, munozaraga "qizg'inlik" baxsh etgan. Bu olimning yozishicha, "ayb lotin yozuvida emas, adabiy tilga asos bo'ladigan sheva tanlanmas ekan, "singarmonistik orfografiya" talablari saqlanib qolaveradi, to'qqiz unlili lotin alfavitidan foydalanish musulmon grafikasidan ko'proq qiyinchilik tug'diraveradi"5. O'zbek adabiy tili esa 1929-yilga kelib shakllanib ulgurgan edi, uning asosiga nafaqat Toshkent-Farg'ona shevalari balki boshqa shevalar ham asos qilib olingan edi. Shunday bo'lsa-da, bahslar tinmadi, xalq nomidan alfavit va imloga o'zgartirish kiritish talablari jaranglayverdi.
Bizningcha, bu o'rinda siyosiy motivatsiya ham o'z rolini o'ynagan. 1929-yilgi lotin alfaviti Boku qurultoyi qarorlari asosida tayyorlangan va 1929-yilgi Til va imlo konferensiyasida ham singarmonizm va singarmonizmga asoslangan imlo xususida qizg'in bahslar ketgan va anjumanda katta avlod ziyolilar (jadidlar va ularning izchilari)ning takliflari g'olib chiqqan edi. Ammo o'tgan besh yil ichida Ittifoq va o'zbek jamiyatida yuz bergan o'zgarishlar endilikda "millatchilar, panturkistlar" deb nomlangan ziyolilarning tashabbusi bilan tuzilgan yozuv va imloni "sovetlashtirish"ga imkon berar edi.
Nihoyat, 1934-yil yanvarda o'tkazilgan yangi til va imlo qurultoyida alfavit va imlo qayta ko'rib chiqildi hamda ө, γ, ь, x harflari alfavitdan chiqarib tashlandi. Shundan keyin "o'zgartitishlar kiritilgan" o'zbek alfaviti quyidagi 30 harfdan iborat edi:

Harfning shakli

nomi

Harf anglatadigan tovush


Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling