1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi
Download 365.5 Kb.
|
1447865310 62403
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6. Ozbekistonda lotin yozuviga otish (1929)
3.5. YTA BMIQ faoliyati
Boku Turkologiya qurultoyining qarorlariga ko'ra 1927-yilda sobiq SSSRdagi turkiy va turkiy bo'lmagan xalqlarning yozuvini lotinlashtirish yoki ilgari yozuvi bo'lmagan xalqlarga yangi alfavit tuzish ishlarini boshqarib va muvofiqlashtirib turish uchun Yangi Turk alfaviti Butunittifoq Ijroiya Qo'mitasi (YTA BMIQ) tuzildi. YTA BMIQ lotin yozuviga o'tayotgan respublikalar va viloyatlarning vakillari hamda Markaz vakillaridan iborat bo'lgan tashkiliy organ bo'lib, uning raisi etib turkiy xalqlar orasida lotin alfavitini yoyishning azaliy jonkuyari, Boku qurultoyining tashkilotchisi S. Agamali o'g'li saylangan edi. Bu tashkilot 1930-yillarning boshigacha (aniqrog'i –1934) faoliyat ko'rsatdi va sobiq SSSRdagi lotinlashtirish jarayonlarining borishida muayyan rol o'ynadi. YTA BMIQ a'zolari etib O'zbekistondan F.Xo'jayev (rais o'rinbosari) va A. Ikromov (a'zo) saylangan edi. Ushbu Qo'mitaning faoliyatini maxsus tekshirgan Prof. I. Baldauf uning lotinlashtirish jarayonlarini rejalashtirishda va moliyalashda Markaz-Mintaqalar munosabatlarini ("Zentrum und Peripheria") tartibga solib turgani, Markaziy hukumat tomonidan "lotinlashtirish"ga ajratilgan mablag'lar ushbu tashkilot tomonidan taqsimlanganini yozadi. Masalan, bu qo'mitaning 1926/27-moliya yilidagi bujeti 430.000 rubl bo'lgan. Kelgusi yil esa BMQ "lotinlashtirish" xarajatlari uchun moliya ministrligidan 1.207.000 rubl ajratishni so'ragan1. YTA BMIQ o'zining yillik plenumlarida (bu plenumlar 1927-, 1928-, 1929-, 193l-, 1932-yillarda o'tkazilgan) otinlashtirish harakatining yutuq va muammolarini muhokama qilib borgan, uning rasmiy nashrlarida alfavitni lotinlashtirishga doir ilmiy-amaliy, uslubiy ishlar e'lon qilingan1. 3.6. O'zbekistonda lotin yozuviga o'tish (1929) Boku qurultoyi tugaganidanoq O'zbekistonda lotin yozuviga o'tish borasidagi ishlar qizib ketdi. Yuqorida qayd etilganidek Qurultoy qarorlari tavsiya xarateriga ega va bu hujjatlarda lotin yozuviga o'tish muddati va yo'l-yo'riqlari har bir ma'muriy subyekt tarafidan alohida, o'z-o'zicha belgilanadi, deb qayd etilgan bo'lsa-da, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi shakllanib kelayotgan Sovet mamlakatida endi hamma narsa Markazning irodasi bilan qilinadigan bo'lgan edi. 1926-yildayoq O'zbekiston MIQning IV sessiyasida arab yozuvidan voz kechish va lotin alfavitiga o'tish haqida dastlabki qaror qabul qilinadi. Respublikada Yangi O'zbek Alifbosi Markaziy Qo'mitasi (YO'A MQ) tuzildi. YO'A MQ tarkibi Y.Oxunboboyev (rais), R.Inog'omov (rais o'rinbosari), Minxo'jayev (rais o'rinb.), A.Ikromov, F.Xo'jayev, Fitrat, Elbek, M.Ramziy kabi mas'il xodimlar hamda olim va ijodkorlardan iborat edi. Bu tashkilotning matbuot organi 20-30-yillarda o'zbek jamoatchiligi orasida mashhur bo'lgan "Alanga" jurnali edi2. 1927-yil may oyida Samarqandda O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'istondagi turkiy xalqlar yozuvlari masalasida mintaqaviy kengash bo'lib o'tdi. O'zbekiston va boshqa respublikalar yangi alfavit qo'mitalarining barcha a'zolari ishtirokida o'tkazilgan mazkur kengashda yangi alfavitni tuzish va hayotga joriy etish bo'yicha fikr almashdilar, ammo bu kengashda O'rta Osiyodagi turkiy xalqlar uchun tuzilajak yangi alfavitlarni unifikatsiya qilish masalalari nuhokama qilinmagan yoki qilingan bo'lsa ham tegishli qarorlar qabul qilinmagan shekilli, o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkmanlardagi lotin alfavitlarining umumiy taraflari juda oz edi. Tez orada lotin yozuvi xususidagi tortishmalar uyushtirish, takliflar, munosabatlar bildirish o'z nihoyasiga yetdi. 1929-yil 8-avgustda SSSR MIQ va SSSR XKS o'z hukmi ostidagi turkiy xalqlarni lotin alfavitiga o'tkazish bo'yicha maxsus qaror qabul qildi. Qarorda ta'kiqlanishicha, yangi lotinlashtirilgan alfavitning maxsus madaniy-iqtisodiy ahamiyatini e'tiborga olib… barcha davlat muassasalari va umumittifoq ahamiyatiga molik korxonalar bundan buyon turkiy tillarni qo'llaganda mazkur alfavitdan foydalansinlar hamda eski arab yozuvida nasrlarni to'xtatsinlar"3. Lotin alfaviti haqida hukumat qarori chiqqanidan keyin unga tayyorgarlik tabiiyki, sovet va partiya organlari qo'liga o'tdi. Sovet Ittifoqida 20-yillar oxiri NEPning ("yangi iqtisodiy siyosat" birikmasining ruscha qisqartmasi) tugatilishi, kolxozlashtirish, "yot unsurlarga qarshi kurash" kabi kampaniyalarning keng avj oldirilishi bilan xarakterlanadi. Mamlakatda totalitar tuzum va davlat terrori qaror topayotgan bu yillarda lotinlashtirish shiorining o'rtaga otilishi, albatta, partiya va sovet organlarining "madaniy turmushdagi bu inqilob"ni bolshevikcha sur'atlar bilan amalga oshirishga yo'naltirdi. Rus tadqiqotchi A Vidrinning to'g'ri qayd etganidek, "ayni shu paytdan boshlab alfavit haqidagi masala maorif va yozuvni takomillashtirish masalasi bo'lishdan chetga chiqdi. Yangi yozuv uchun kurash sahnasiga partiya va hukumat ham chiqdilar. Endi lotinlashtirish va inqilob barrikadaning bir tomonida, aksilinqilob ("контрреволюция")" va arab alifbosi boshqa uning boshqa tomonida ekanligi tushunarli edi. Har bir odam bu masalada o'z o'rni va pozitsiyasini belgilab olishi kerak edi. Endilikda ilmiy qarashlarni davlat siyosati bilan "muvofiqlashtirib olish" lozim. Totalitar davlatning bosimi ostida lotin alfavitining "g'olibona yurishi" boshlanadi"1. O'zSSR MIKning lotin yozuvini joriy etish haqida qabul qilgan qarorida respublikada yangi yozuvga o'tish 1932 yil oxirida yakunlanishi lozim edi. Ammo "sotsializmni yuqori sur'atlar bilan qurayotgan" bir o'lkada har qanday jarayon tezlik bilan amalga oshishi lozim edi. 1929-yil may oyida Samarqandda respublika yozuv-imlo konferensiyasi o'tkaziladi va bu anjumanda quyidagi yangi alifbe qabul qilinadi:
Download 365.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling