1. Masalaning nazariy aspektlari Lotinlashtirish harakatining qisqacha tarixi


Download 365.5 Kb.
bet12/21
Sana03.12.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1801499
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
1447865310 62403

1917-yil, 23-dekabr - rus yozuvi va imlosini tartibga solish haqidagi Xalq maorifi komissarligining dekreti;
1918-yil, 10-noyabr – Xalq Komissarlari Sovetining rus alfaviti va imlosini isloh qilish haqidagi qarori;
1919-yil, 26 dekabr – XKSning 8 dan 50 yoshgacha bo'lgan aholini rus tilida yoki o'z ona tilisida (ixtiyoriy - !!!) savod chiqarishga jalb qilish xususidagi dekreti;
1920-yillarning boshi - Savodsizlikni bitirish kurslari (SBK- ликбез ) va chala savodlikni bitirish kurslari (CHSBK)ning tashkil etilishi va hk.
Alfavitni lotinlashtirish Sovet hukumatining ushbu faoliyatlarining davomidir2.
Yana shuni qayd etish kerakki, "madaniy inqilob" bolsheviklar tarafidan zo'rlik bilan amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlardan biri bo'lib, uning natijasida nechalab yozuvi yo'q xalqlarning yozuvli, adabiy tili yo'q xalqlarning adabiy tilli, yoppasiga savodsiz xalqlarning savodli bo'lgani, yangi, sotsialistik madaniyatning gullab-yashnagani haqida sovet mafkurachilari 1930-yillardan to SSSRning inqiroziga qadar juda ko'p va xo'p yozdilar3. Bularni takrorlab o'tirishga hojat yo'q. Ammo, madaniy inqilob tufayli yo'qotilgan eski madaniyatning, azaliy an'analarning qiymatini va o'lchamlarini ham belgilab bo'larmikan? Milliy mentalitet, milliy ma'naviyat va mafkuradagi yo'qotishlarni-chi?..

3.4. 1926-yilgi Boku Turkologiya qurultoyi qarorlari


1926-yilgi Boku Turkologiya qurultoyigacha sobiq Ittifoqda Ozarboyjon, Yoqutiston kabi turkiy xalqlar yashaydigan mintaqalarda hamda Rossiyaning ba'zi sub'ektlarida (Ingushetiya, Kabarda...) lotin alfaviti qisman joriy etilgan edi. Bolshevik partiyasi sobiq Ittifoqdagi gayrirus va ragyrixristian aholini tamomila o'z nazorati ostiga kiritish uchun qat'iy choralarni ko'rishda davom etdi va u 1928-29-yillarda amalga oshirilgan milliy yozuvlarni lotinlashtirish kampaniyasi bilan nihoyalandi.
O'sha paytlari kommunistik mafkuraning Sharqdagi qo'rg'oni maqomida bo'lgan Bokuda 1926-yil fevral-mart oylarida o'tkazilgan qurultoy Kreml siyosatchilarining Sharq xalqlarining azaliy turmush tarzi, madaniyati, ta'lim tizimi yozuv va imlosiga qarshi kuchli hujumidan ilgari bundan keyingi voqealarga "demokratik" tus berish uchun toplagan bir yig'ini edi. Boku Turkologiya qurultoyining qarorlariga ilmiy tus berish hamda uning obro'sini oshirish maqsadida qurultoyga zamonasining yetakchi turkolog-olimlari Fuad Ko'prulu (Fuad Köprülü), N.Ya. Marr, F. Poppe, A.Samoylovich, Ye.E. Bertels va boshqalar taklif etilgan edi1.
Qurultoyning chaqirilishidan ilgari matbuotda bunday yig'innni o'tkazish zarurligi xususida bahslar yuritilgan edi2. Jumladan, lotinlashtirish harakatining nazariyotchilaridan biri prof. E.D. Polivanov (Е. Д. Поливанов) 1923-yildayoq "Turkiy yozuvlarda lotin harflari muammosi" ("Проблема латинского шрифта в турецких письменностях") mavzusidagi kitobcha yozib, "islohotni har kim bilganicha amalga oshirishidan vujudga keladigan Vailon minorasi mashmashasi"ning oldini olish uchun yozuv masalasida SSSRdagi turkiy xalqlarning maorif xodimlari qurultoyini chaqirish lozimligini bayon etdi. Bunday bir yig'inga ehtiyoj borligini boshqa olimlar va maorif xodimlari ham bildirgan edilar3.
Ana shu maqsadda 1924-yilda Moskavadagi Sharqni o'rganish ilmiy jamiyatida Turkiy yozuvlar uchun lotin harflari Assotsiatsiyasi (Aslat – Аслат) tuzildi, bu uyushma umumturk s'ezdini o'tkazish uchun tayyorgarlikni boshladi. Ammo konferensiyani tayyorlash va o'tkazishda tashkiliy masalalarini Ozarboyjonni o'rganish jamiyati amalga oshirdi.
Shunday qilib, 1926-yil fevral oyining oxirida Bokuda Birinchi Butunittifoq Turkologiya qurultoyi o'z ishini boshladi. Qurultoyda sobiq SSSRning turkiy tilli respublikalari, muxtor respublikalari hamda muxtor viloyatlaridan hal qiluvchi ovozga ega 131 vakil qatnashdi. Anjumanda SSSR Fanlar akademiyasidan, Sharqshunoslik ilmiy jamiyatidan, Ukraina Fanlar akademiyasidan, Kavkazorti Sharqshunoslik assotsiatsiyasi, Germaniya, Turkiyadan kelgan hay'atlar kuzatuvchi sifatida qatnashdilar.
Qurultoy kun tartibiga quyidagi masalalar qo'yilgan edi:
1. Turkiy xalqlar tarixini o'rganishning hozirgi ahvoli va yaqin kelajakdagi vazifalari;
2. Turkiy xalqlarni etnografik jihatdan o'rganishning hozirgi holati va yaqin kelajakdagi vazifalari;
3. Turkiy tillarning mo'g'ul, tungus, fin-ugor va yafetik tillar bilan genetic aloqalari;
4. Turkiy tillarni o'rganishning hozirgi ahvoli va yaqin kelajakdagi vazifalar;
5. Turkiy tillar ilmiy terminlari tizimi va terminologiyasi;
6. Turkiy tillar imlosining umumiy asoslari va imlo;
7. Alfavit tuzishning lingvistik va texnik asoslari va turkiy xalqlar yozuvi;
8. Turkiy xalqlardagi adabiy tillarning rivojlanishi;
9. Ona tilini o'qitish uslubiyatida yangi oqimlar va turkiy tillarni o'qitish uslubiyati;
10. Turkiy xalqlar adabiyotini o'rganishning yakunlari va istiqbollari;
11. SSSRdagi turkologik ilmiy muassasalarning hozirgi holati, tashkiliy tuzilishi va navbatdagi vazifalari;
12. Turkiy xalqlar orasida olib boriladigan o'lkashunoslik ishlari uslubiyati;
13. Turkiy xalqlarning so'ngi madaniy yutuqlari;
14. Tashkiliy masalalar1.
Qurultoyda eng qizg'in muhokama qilingan va katta tortishuvlarga sabab bo'lgan asosiy masalalar yozuv, imlo va terminologiya masalalaridir.
Yozuv masalasi o'sha paytdagi turkiy xalqlar va ularni boshqargan Markazdagi hamda joylardagi kommunistik hukmron doiralar uchun muhim ahamiyatga ega edi. Taqdirning hazilini qarangki, o'sha paytlarda ham taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar), kommunistik rejim rahbarlari va sobiq Ittifoqdagi eng mashhur olimlarning fikri bir yerdan chiqqan edi: yozuv almashtirilishi kerak!
Bu oshkora "madaniy tajovuz"ni bir qadar niqoblash hamda bo'l'g'usi "yozuv va imlo inqilobi"ga demokratik tus berish uchun ilmiy muassalarda yangi yozuvga o'tishning asosiy tamoyillari ham ishlab chiqilgan edi. Jumaladan, Tilshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining "Tezislari"da "Til qurilishi sohasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun SSR ichidagi alfavitlarni unifikatsiya qilish(muvofiqlashtirish) zarur. Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatlarning rivoji kelgusida bu madaniyatlarning yagona tilli yagona madaniyatga birlashishiga sharoit yaratadi, bu esa kelajakdagi umumiy xalqaro tilni yaratishning vositasidir (Kursiv va ta'kid bizniki – J.E.) Ammo har bir alohida holda unifikatsiya qilingan yozuvga o'tish muddatlari haqidagi masala har bir millat uchun proletariatning tarixiy vazifalaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak.
O'rtoq Stalin tomonidan partiyaning XVI syezdida qayd etilgan milliy masaladagi og'ishlar alfavit siyosatida ham o'z ifodasini topmoqda. Ulug'davlatchilik shovinizmi (великодержавный шовинизм) SSSRdagi barcha xalqlarga rus alfavitini tiqishtirishda…, mahalliy shovinizm (местный шовинизм) alohida tillar uchun maxsus yozuv yaratish yoki eskisini saqlab qolishga intilishda, panmillatchilik (паннационализм) esa "qarindosh tillar" deb atalgan til guruhi uchun unifikatsiya qilingan yozuv yaratishda namoyon bo'ladi…."1 . O'z davrining uslubi va ruhiga mos yozilgan bu hujjatnda ta'rif etilgan g'oyalar keyinchalik –XX asrning 40-yillaridan boshlab to SSSR inqirozigacha amalga oshirib kelindi. Amo u Boku anjumanida bolsheviklarning adolatini namoyish qilishi kerak edi.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling