1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar
2 – t o p sh i r i q
BAQA YURAGI TURLI BO’LIMLARINING AVTOMATIZM DARAJASINI O’RGANISH /STANNIUS TAJRIBASI/ Ishning maqsadi: Avtomatiya markazlarining ma’lum bir joylashtirganligi, avtomatiya gradistini borligini va yurak avtomatiyasida sinus tuguni boshqaruvchi rolь o’ynashligini isbot etish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Preparoval asboblar yig’indisi, preparoval taxta, ipakli iplar, sovuq qonlilar uchun fiziologik eritma yoki Ringer eritmasi, baqa. IShNI OLIB BORISh Baqaning bosh va orqa miyasini jarohatlab, harakatsizlantirilgan baqa tayyorlang va uni preparoval taxtaga qornini yuqori qo’yib shu taxtaga mustahkamlab qo’ying. Qornini ko’krak qismidan qirqib, yurakni perikarddan mustahkamlab qo’ying. Yurakning har minutda qisqarish sonini aniqlang. Yurakning uchidan ushlab sekin yuqoriga ko’taring va uning bog’lamini qirqing, venoz sinusini yurak bo’limlaridan ajratib turgan oqroq qismini toping. Aorta yoyining ostidan ipakli ipni o’tkazing, yurakni tepaga ag’darib, venoz sinusi bilan bo’limlar o’rtasidagi chegaradan ligatura o’tkazing. Ligatura o’tkazilgandan so’ng yurak diatom fazasidan to’xtaydi, venoz sinusi bo’lsa o’zining ilgarigi ritmidek ishlayveradi. Ikkinchi ligaturani bo’lmalar bilan qorinchalarnnng o’rtasidan /oq yo’lli joydan/ o’tkaziladi. Yurak o’zining qisqarishini qaytadan tiklaydi, lekin qisqarish ritmi ikki marta kamayadi. Yurakning qisqarish sonini aniqlang. Uchinchi ligaturani yurakning uchidan o’tkazing. Lekin bu holatda yurak uchi qisqarmaydi. Baqa yuragidan ligatura o’tkazish sxemasini chizing va kuzatilgan holatni jadvalga yozing:
Quyidagi savollarga javob bering. a/ Stannius tajribasi nimani tasdiqlaydi? b/ Baqa yuragining avtomatizm gradiyenti qanday? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling