1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
- Ishning maqsadi
3 – t o p sh i r i q
YuRAKNING REFRATERLIK DAVRI VA EKSTRASISTOLA Ishning maqsadi: Yurak qorinchalarining fazalari faoliyatida o’ziga xos bo’lgan absolyut va nisbiy davridagi refrakterlikni tekshirish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Elektrostimulyator, yurak qisqarishini yozib olish uchun kerak bo’lgan jihozlar, kimmograf, yurak elektrodlari, kaliy, simlar, preparoval asboblar yig’indisi, sovuq qonlilar uchun fiziologik eritma, marli, paxta, baqa. IShNI OLIB BORISh Baqaning bosh va orqa miyasi shikastlantirilib, pripaloval taxtachaga yotqiziladi, ko’krak qorin qismi qirqilib, yuragi joylashgan tomon ochiladi, yurakning o’zagi bog’lab qirqiladi. Serfen yordami bilan yurakning uchi Engelьman richagiga ulanadi va kardiogrammada yoziladi. Elektr toki bilan ta’sir etish uchun elektr zanjiri yig’iladi. Yurak qorinchalarining asosi bo’ylab uning ikki tomoniga elektrodlar qo’yiladi va uning qimirlamasligi uchun mustahkamlanadi. Yurakning qisqarishini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlab olinadi. Yurak faoliyatining turli fazalarida ta’sir beriladi. Sistola davrida tok kuchi bilan ta’sir etganda yurakning faoliyatini kuzating, agar ta’sir diastola davriga to’g’ri kelsa, uning qisqarishini, ekstrosistolani kuzating. Qorinchalarning ekstrasistolasidan so’ng uzaygan fazaning hosil bo’lishiga /kompensator pauza/ e’tibor bering. Yurakning ekstrasistolalik kardiogramasini chizing va quyidagi savollarga javob bering: a/ Refrakterlik deb nimaga aytiladi? b/ Nima uchun yurakning diastola fazasida ekstrosistola yuz beradi? v/ Nima uchun kompensator pauza qorinchalarning ekstrasistolasidan keyin yuz beradi? 7-Mashg’ulot Baqa yuragi ishi va qon aylanishini kuzatish 1 – t o p sh i r i q BAQA YURAGI FAOLIYATIGA KALIY, KALSIY TUZLARI VA ADRENALINNING TA’SIRI Ishning maqsadi: Yurak ishiga ayrim elektrolitlar va gormonlarning ta’sirini o’rganish. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling