Qo’shimcha havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun kichik silindrni yuqoriga ko’tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to’g’rilanadi.
Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan), tezda spirometr naychasini og’izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi.
Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro’parasida to’xtaydi. Shu yo’l bilan o’pkaga qancha qo’shimcha havo kirganligi aniqlanadi.
Masalan: chuqur nafas olunguncha strelka 3000 ml. ni, nafas olingandan keyin 1500 ml. ni ko’rsatsa, bu vaqtda o’pkaga kirgan havo miqdori 3000 – 1500 = 1500 ml. ga teng bo’ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga qo’yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib, rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi.
Bu vaqtda strelka ko’rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo miqdorini quyidagi jadvalga yozib, o’pkaning tiriklik sig’imi topiladi.
Havo sig’imi
|
Havo miqdori
|
Nafas olish havosi
|
500
|
Qo’shimcha havo
|
1500
|
Rezerv havo
|
1500
|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
3500
|
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi.
Bunda spirometr strelkasi to’xtagan joydagi raqam o’pkaning triklik sig’imini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |