1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
9-Mashg’ulot
Donders tajribasi 1 – t o p sh i r i q DONDERS SXEMASI (MODELI). Ishning maqsadi: Nafas olish va chiqarishda o’pka passiv rolь o’ynashini tushuntirishdan iborat. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Nina, qisqich, xirurgik Nina, shisha kanyula, ip, tagiga rezina parda tortilgan butilka, baqa. O’pkaning kengayishiga ko’krak qafasining kengayishi sabab bo’ladi. Ko’krak qafasi qovurg’alarning ko’tarilishi va diafragmaning pastga tushishi natijasida kengayadi. Nafas olish vaqtida qovurg’alar orasidagi tashqi muskullar qisqarishi natijasida hamma qovurg’alar ko’tariladi. Bundan tashqari, diafragma muskullari qsiqarib, paylarni tortadi, natijada diafragma pastga tushib, ko’krak qafasi kengayadi va o’pkaga havo kiradi. Nafas chiqarish vaqtida ko’krak qafasi torayadi; uning bu tariqa torayishiga o’zining og’irligi, qovurg’alararo ichki muskullarning qisqarishi, qorin bo’shlig’ining diafragmaga tazyiqi sabab bo’ladi. Bu vaqtda o’pkaning hajmi torayib, undan havo tashqariga chiqadi. Ko’krak qafasining kengayib-torayishi natijasida havoning o’pkaga kirishi va undan chiqishini Donders sxemasi bilan ko’rsatish mumkin. ( -rasm). IShNI OLIB BORISh - Buning uchun baqani harakatsizlantirib, ehtiyotlik bilan ko’krak qafasi ochiladi va pastki jag’ini kesib, arteriya ostidan xirurgik Nina yordamida ip o’tkaziladi. - Keyin traxeyasiga shisha kanyula kirgizib, ip bilan bog’lanadi. - Kanyula bilan birga traxeya va o’pkani ko’krak qafasidan ajratib olib, ostiga rezina parda tortilgan butilka ichiga tushiriladi (shisha butilkaning og’zi kanyula o’tkazilgan probka bilan bekitilgan bo’lishi kerak). - Bu vaqtda shisha butilka ichidagi havo tashqi havo bilan va tashqi havo esa butilka ichidagi havo bilan qo’shilmasligi, ya’ni butilkaning og’zi zich bekilgan bo’lishi kerak. - Agar baqa o’pkasi o’rnatilgan shisha butilka tagidagi rezina pastga tortilsa, butilka ichidagi havoning hajmi kamayib, u yerda manfiy bosim hosil bo’ladi. - Natijada o’pka kengayib, unga shisha kanyula orqali tashqaridan havo kiradi. - Agar rezina parda bo’shatilsa, shisha butilka ichidagi bosim yana o’z holiga kelib, o’pkadan havo tashqariga chiqadi. - Organizmda ham o’pkaga havo kirishi va undan chiqishi xuddi shunday tartibda bo’ladi. - Bunday tajribani faqat baqa o’pkasida emas, quyon va it o’pkasida ham o’tkazish mumkin. - Bunda ostiga rezina parda tortilgan butilka kattaroq bo’lishi kerak. Savollarga javob bering: a/ Donders modeli nimani ifodalaydi? b/ Nafas olish va chiqarishda qaysi muskullar aktiv ishtirok etadi? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling