1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet15/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

IShNI OLIB BORISh
Baqaning orqa miyasini jarohatlab, harakatsizlantiring va preparoval taxtaga yotqizing.
Ko’krak-qorin qismini qirqib, yurakni oching. Qirqishni og’iz diagrammasining pastki sathigacha davom ettiring.
Til-tomoq va til osti nervlarining tugunlarini toping. Ularni nervlari bo’ylab jag’ burchagigacha tushing va muskul hamda bog’lamlardan ajrating.
To’qimalarni siljitib, tarkibida vagosimpatik nervni tutgan tomir-nerv bog’lamini toping.
Tomir nerv bog’lami ostidan ligaturaga o’tqazing (yurakdan biroz uzoqroqda) va uni shunday qirqingki, periferik uchi ligaturada qolsin.
Yurak uchini serfin bilan qistirib olib, uni Engelьman richagi bilan bog’lang.
Tomir-nerv bog’lamini sekinlik bilan ko’tarib (ligatura yordami bilan) uning ostiga elektrod qo’ying.
Kimografda yurak qisqarishini yoeib oling.
Nervga 2 sekund davomida ritmik o’rtacha kuchga ega bo’lgan tok bilan ta’sir eting, yurak qisqarishining pasayishini yoki uning diostola holatida to’xtab qolishini kuzating.
Yozishni davom ettirib, yurak chastotasi va yurak muskuli kuchining sekinlik bilan kuchayishiga e’tibor bering. Bu kuchayish simpatik nerv tolasining qo’zg’alishi natijasida yuzaga keladi.
Kardiogrammani chizing va vagosimpatik bog’lamini ta’sirlaganda yurakning bergan effektini tushuntiring.
Savollarga javob bering:
a/ Nerv boshqarilish deganda nima tushuniladi?
b/ Odam yuragini qaysi nervlar boshqaradi?
v/ Yurak faoliyatiga simpatik va nosimpatik nervlar qanday ta’sir ko’rsatadi?
3 – t o p sh i r i q
BAQA YURAGIGA REFLEKTOR TA’SIRI
Ishning maqsadi:
Yurak faoliyatiga ichki organlarning nerv-reflektor ta’sirini o’rganish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Preparoval asboblar yig’indisi, preparoval taxta, nina, Ringer eritmasi, paxta, baqa, sekundomer.
IShNI OLIB BORISh
Baqaning bosh miyasini jarohatlayotganda uzunchoq miyasini saqlashga harakat qiling.
Preparoval doskaga baqani qornini yuqoriga qilib yotqizing va mahkamlab qo’ying.
Ko’krak qafasi atrofidan yurak ko’rinadigan teshikcha oching va uning bir minutda necha marta qisqarishini aniqlang.
Pinsetning ushlaydigan qismi bilan baqaning qorin qismiga bir necha marta qattiq uring, yurak qisqa vaqt davomida urishdan to’xtaydi.
Yurak faoliyati qayta tiklangandan so’ng orqa miyani, jarohatlang yoki adashgan nervni qirqing va baqa qorniga yana uring, bunda yurak urishining to’xtashini kuzatmaysiz, chunki reflektor yoy buzilgan bo’ladi.
Natijalarni tushuntiring va yozing. Golьs refleksining reflektor yoyini chizing.
b) Danani-Ashner refleksi
Tekshiruvchining pulьsini bir minut davomida sanang.
Ikki qo’lning barmoqlari bilan har bir ko’zning olmasini 5-8 sekund davomida kuchsiz bosim bilan bosing.
Ko’z olmasini bir oz bosganda pulьsni sanang va normadagi pulьs soni bilan solishtiring. Yurak faoliyatining susayishini kuzatasiz.
Ma’lumotlarni yozing, natijalarni tushuntiring va Danani-Ashner refleksining reflektor yoyini chiziig.
Savollarga javob bering:
a/ Refleksning birlashtiradigan yeri ichakdan yurakka boradi;
b/ Refleksning birlashtiradigan yeri ko’z soqqasidan yurakka boradimi?
v/ Tomir sistemasining qaysi qismida yurak va tomir holatiga ta’sir etuvchi refleksogen zonalari bor?

Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling