1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
4-t o p sh i r i q
KAPILYAR QON AYLANIShINI KUZATISh Ishning maqsadi: Tirik baqa tanasining turli qismlarida kapillyar qon aylanishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Mikroskop, kongeyta taxtasi, Ringer eritmasi, shisha kalpoq, preparoval asboblar yig’indisi, nina, efir, paxta, suv, baqa. IShNI OLIB BORISh a) Baqa suzish pardasida kapillyardagi qon aylanishni kuzatish. Qon tomirlari va nerv sistemasining bir butunligini saqlash maqsadida baqaga norkoz berish lozim. Buning uchun baqani uncha katta bo’lmagan shisha qalpoq ostiga joylashtirib, qalpoqning ostiga efir bilan ho’llangan paxta qo’yiladi. Harakatsizlangan baqani kongeyma taxtachasiga qorinchasi pastga qilib yotqiziladi. Baqaning orqa oyog’idan 2 va 3 – barmog’i o’rtasidagi suzuvchi pardani doskacha teshigiga to’g’irilanadi va barmoqlarini kengaytirib, nina bilan sanchib mustahkamlanadi. Suzuvchi pardani ko’p tortishga /taranglashga/ harakat qilmaslik kerak, chunki qoning oqishi to’xtab qolishi mumkin. Baqaning terisi qurib qolmasligi uchun paxtadan yasalgan ho’l sharcha bilan xo’llab turish lozim. Preparatni mikroskop stolchasiga joylashtirib ob’yektiv 8x bilan kichik arteriya, kapilyar va venozlardagi qonning harakatini kuzating. Qonning harakat yo’nalishini o’rganayotib, arteriyalarning kapillyar va venalarini toping, rasmini chizing. b) Baqaning tilidagi kapillyarlarda qon aylanishini kuzatish. Narkoz bilan uxlatilgan baqani taxtachaga qorin tomoni bilan yotqizing. Sekinlik bilan baqaning og’iz bo’shlig’idan pinset yordamida tili tashqari tomon tortiladi va uni kongeyma doska teshikchasi satxiga nina bilan sanchib qo’yiladi. Preparatni mikroskop stolchasiga qo’yib, uning kichik ko’rsatkichi bilan juda mayda qon tomirlarida qonning oqish harakati kuzatiladi. Mikroskopni katta qilib ko’rsatadiganga (ob’yektiv 20x) kapillyardagi qonning oqishini, eritrotsitlarning ketma-ket bu qatorda harakat qilishini va kapillyar qayilgan joyda eritrotsitlar deformatsiyasini kuzating. Arteriya, kapillyar va venalarni topib, rasmini chizing, katta va kichik ob’yektiv bilan kuzatilganda qonning harakatidagi xususiyatlarni aniqlang. v) Charvidagi kapilyarlardagi qon aylanishini kuzatish. Narkoz berilgan baqani kongeyma taxtasiga qornini pastga qilib yotqizing. Baqa qorin devorining yonidan 1,5 sm. chamasida o’ng tomonidan orqa oyog’iga yaqin joydan qirqing. Ingichka ichakni charvisi bilan asta-sekin tashqariga tortib, taxta teshigi sathiga tortiladi va ninalar bilan mahkamlab qo’yiladi. Ringer eritmasi bilan ho’llanib, kichik ob’yektiv orqali mikroskopda kuzatiladi. Qon tomirlarining diametriga, qonning oqish tezligiga, kichik kapillyar turlarining borligiga e’tibor berish lozim. Kuzatilgan hodisalarni chizing va savollarga javob bering. a/ Organizmda kapillyarlar qanday vazifani bajaradi? b/ Kapillyarlarda qon oqish tezligi qanday? v/ Kapillyarlarda qon sekin oqishining nima ahamiyati bor? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling