1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
BAQADA QON AYLANIShNI KUZATISh
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – T O P Sh I R I Q KOROTKOV METODI BILAN QON BOSIMINI ANIQLASh Ishning maqsadi
BAQADA QON AYLANIShNI KUZATISh
TAYYORLANISh UChUN SAVOLLAR: - Kapilyarlarning vazifasi va ularga xarakteristika. - Qon tomirlar sistemasining turli bo’limlarda qon oqish tezligi. - Bitta kapilyarning teshigi va uzunligi qanchaga teng? - Nima uchun qonning shakliy elementlari kapillyar bo’ylab bir qator bo’lib harakat qiladi? - Kapillyarlarda qonning oqish tezligi qanday? - Mikroskop ostida arteriyani venadan ajratish belgisi qanday, ularni qanday ajratish mumkin va tirik baqaning suzgich pardasidagi kapilyarni topish mumkin? - Kapillyarlarda qon sekin oqishining qanday ahamiyati bor? - Qon tomirlarda qon oqish sabablari. - Nima uchun qon tomirlarning o’rtasida va uning devorlari yonida turli tezlikda harakat qiladi? - Tomir sistemasida qonning bir tekisda oqishini qanday tushuntirish mumkin? 8 - Mashg’ulot Qon bosimini o’lchash. Organ va to’qimalarda qon aylanishi. ODAMDA QON BOSIMI VA PULSNI TEKShIRISh UCHUN SAVOLLAR: - Arterial bosim va uni o’lchash metodi. - Qon bosimini aniqlovchi faktorlar. - Tomir sistemasining turli bo’limlarida qon bosiminining darajasi. - Odamda sistolik va diastolik bosim va ularning normal ko’rsatkichlari. - Arterial qon bosimining tebranishi (1, 2, 3 – to’lqinlar). - Turli tomirlarda qon oqish tezligi. - Arterial pulьs va uning kelib chiqishi. - Arterial pulьsni yozib olish metodikasi. 1 – T O P Sh I R I Q KOROTKOV METODI BILAN QON BOSIMINI ANIQLASh Ishning maqsadi: Arterial qon bosimini auskulьtativ metodidagi Korotkov usuli bilan aniqlashni o’rganish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Sfigmomonometr, fonendoskop. IShNI OLIB BORISh - Tekshiriluvchini ish stoliga o’tqizing, o’ng yoki chap qo’lni stolga qo’ying. - Tekshiruvchining yengini shimarib, yelka qismiga chiqariladi va tirsak chuqurchasidan yuqoriroqda manjetka bilan yelkadan o’raladi. - Bilakning tirsak bo’g’imidan o’tadigan arteriyani topib, fenondoskopning membranasini yoki stotoskopini qo’ying. - Bir qo’lingiz bilan fonendoskopni ushlang, ikkinchisi bilan manjetkaga havo haydang. Manjetkaga rezina nasos orqali bilak arteriyasidagi pulьs yo’qolguncha havo yuboriladi. - Manjetkadagi havoning bosimini sekinlik bilan kamaytiring. Shu bilan birga monemetrning ko’rsatkichini kuzating va arterial qon tomiridagi tovushni eshiting. - Tovushning kelib chiqish vaqti sistolik bosimga to’g’ri keladi (maksimal bosim). - Manjetkadagi havo bosimini kamaytirishni davom ettiring va Korotkov tonlarining kuchayishini, sekin pasayishini va butunlay yo’qolishini kuzating. Tonning yo’qolish payti diastolik bosimga to’g’ri keladi (minimal bosim). - Uch marta shu tariqa o’lchang va eng kichik darajali qon bosimini yozing. - Tekshiriluvchiga uncha og’ir bo’lmagan jismoniy ishni bajarish (20 marta o’tirib turish) taklif etiladi va tezlik bilan arterial bosim o’lchanadi. Farqini aniqlang. Olingan natijalarni yozing va savollarga javob bering: a/ Sistolik va diastolik bosim deb nimaga aytiladi? b/ Puls bosimi deb nimaga aytiladi? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling