1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNI OLIB BORISh
- Ishning maqsadi
2 – t o p sh i r i q
ODAMNING NAFAS HARAKATLARI YOZISh Ishning maqsadi: Nafas harakatlarini yozib olish usullari bilan tanishish va yozib olingan pnevmogrammani analiz qilishni o’rganishdan iborat. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Pnevmograf, kimograf, rezina naycha, qisqich, vaqtni yozib oluvchi soat. Nafas olish va nafas chiqarish vaqtida ko’krak qafasi kengayib-torayib turadi. Bunday nafas harakatlarini yozishda pnevmograf degan asbobdan foydalaniladi. Bu asbob ko’krakka qo’yiladigan rezina xaltadan iborat bo’lib, xalta rezina naycha orqali Marey kapsulasi va nasos bilan birlashtirilgan. IShNI OLIB BORISh - Buning uchun pnevmografni tekshiriluvchi odam ko’krak qafasining pastki qismiga o’rab bog’lanadi. - Marey kapsulasidagi yozadigan peroni islangan baraban sathiga tegizib, rezina nasos yordamida xalta ichiga havo yuboriladi va u chiqib ketmasligi uchun rezina naycha nasosdan yuqorida qisqich bilan qisiladi. - Ko’krak qafasi kengayganda rezina xalta ichidagi havo siqilib, Marey kapsulasiga o’tadi va yozadigan pero yuqoriga ko’tariladi. - Ko’krak qafasi torayganda, aksincha, havo Marey kapsulasidan yana xalta ichiga kiradi va yozadiga pero pastga tushadi. - Shunday qilib, xaltadagi bosim o’zgarganda, yozadigan pero harakatga keladi va bu harakat barabanga yozib olinadi. - Shu yo’l bilan ko’krak qafasining yuqori, o’rta qismidan va qorindan nafas olish va chiqarish harakatlarini quyidagi hollarda: a) tinch nafas olish vaqtida; b) tez va chuqur nafas olish vaqtida; v) uzoq nafas olmay turilganda; g) gaplashib turgan vaqtda yozib olish kerak. Tajribaning ohirida bir minutdagi nafas olish va chiqarish sonini hamda nafas olish va chiqarish uchun ketgan vaqtni hisoblash kerak. Savollarga javob bering: a/ Nafas olish va chiqarish harakatlarini tezligi nimalarga bog’liq? b/ Tinch holatdagi odam bir minutda necha marta nafas olib, chiqaradi? 10-Mashg’ulot O’PKANING TIRIKLIK SIG’IMINI O’LChASh Ishning maqsadi: O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash usulini o’rganishdan iborat. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling