Odamda shartli refleks hosil qnlish jarayonida EEG va negetativ ko’rsatkichlardagi o’zgarishlar
EEGda dssinxronizatsiyaning bor yoki yo’qligini, TGRdagi amplituda o’zgarishlarini, K—K oraliqlari davomiyligidagi o’zgarishlarni va NCh tovush hamda nur-ning birinchi galda birgalikda qo’llanilgandagi, ular-ning ikkinchi marta qo’llanilgzndagi va nur bilan mustahkamlash zudlik bilan kechiktirilgandagi holatlarini belgilang. Nur bilan mustahkamlashni zud-lik bilan kechiktirilgan holatdagi 4 dan 6 sekundgacha bo’lgan tovush ta’sirini ifodalovchi egrilik kesimini tahlil qilib ko’ring.
FE’L-ATVOR FUNKSIONAL SISTEMASINING ShAKLLANISh BOSQIChLARI
Funksional sistema o’z-o’zini boshqaruvchi dinamik tuzilma bo’lib, unyng hamma qismlari (elementlari) sistema uchun foydali va organizm uchun bir butun moslashgan faoliyat natijalariga eryshishga yordam bera-dy. Har bir sistema aniq natijalar beruvchi funksi-yalarga ega bo’lgani uchun bunday sistemani P. K. Anoxin funksional sistema deb atagan. Bunda sistsmani hosil qiluvchi asosiy faktor natija bulib, organizm uchun foydali bo’lgan ana shu natijani olish uchungina fun-ksional sistema shakllanadi.
Funksional sistema o’z-o’zini tashkil qila oladigan, dinamiklikka, plastiklikka, ko’p komponentlikka va kup sathlikka ega bo’lgan tuzilma bo’lib, u quyidagi aniq bosqichlar bilan shakllanadi; I) afferent sintez, 2) qarorning qabul qilinishi, 3) ta’sir programmasi va ta’sirot natijalari akseptorining shakllanishi, 4) ta’-sirot va uning qaytuvchi afferentatsiya ishtirokida uyg’unlashuvi (korreksiyasi),
Fe’l-atvor shakllanishida ustun keluvchi (dominant-lik qiluvchi) motivatsiyaning ahamiyati. Har bir funksi-onal sistema ustun keluvchi holatni shunday o’ziga oladi-ki, ayni paytda uning shakllanishi uchun ustun keluvchi motivatsiya ishtirok etishi kerak.
Ish anjomlari: ovqat va suvdan mahrum etilgan (de-privatsiya) kalamushlar, ovqat va suv.
Tajriba o’tkazish tartibi. Agar kalamushlar bir sutka davomida boqilmasa, ammo suv berilsa, ularda ovqatga muhtojlik yuzaga keladi. Agarda kalamushlar sutqa davomida boqilib, ammo sur berilmasa, u holda suvga tashnalik yuzaga keladi. Suvga tashna bu kalamush-lar pikrin kislotasi bilan belgilab qo’yiladi. Mashgulot davrida stolga ikkita Pstri kesachasi qo’yiladi. Bitta kosachaga suv, ikkinchisiga esa ovqat qo’yiladi. So’ngra ikkala guruhning har biridan bitta-dan kalamush stolga qo’yib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |