1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet1/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya


1-Mashg’ulot
Laboratoriya asbob anjomlari
Tirik to’qimani kuzatish uchun ularga ta’sir etish kerak. Fiziologiya mashg’ulotlarida biror organni kuzatish uchun turli sun’iy, ta’sirlovchilardan foydalaniladi. Bular mexanik (ukol, turtki), kimyoviy (ishqorlar, kislotalar va hokozolar), issiqlik faktorlari va elektr toki bo’lishi mumkin. Fiziologiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan eng qulay taьsirlovchilar elektr toki hisoblanadi, chunki uning kuchini, ta’sir etib vaqtini o’lchash mumkin. Elektr toki o’rganiladigan to’qimani shikastlamaydi.
To’qimalarni ta’sirlash uchun asosan doimiy tok laboratoriya sharoitida akkumulyatordan yoki maxsus xildagi gazotronli va katodli to’g’rilagichlar elektr tarmoqlariga ulab olinadi. Ta’sirlash uchun tok kuchidan oshmasligi lozim.
To’qimalarga elektr toki bilan ta’sir etish uchun elektrodlar ishlatiladi. Ular ikki xil: ko’chma va statsionar elektrodlar. Ko’chma elektrodga statsionar elektrodga sheyx elektrodi yurak, nerv, muskullarini ta’sirlash uchun ishlatiladigan elektrodlar kiradi. Elektrodlar odatda platina va kumushdan yasaladi.
Fiziologiya mashg’ulotlarida har xil harakatlarni (yurak qisqarishi, muskul qisqarishi va hokozolar) yozib olish uchun kimografdan foydalaniladi. Kimograf baraban va soat mexanizmidan iborat bo’lib, bu mexanizm yordamida baraban aylanadi. Baraban harakatini tezlashtirish va sekinlashtirish mumkin. Barabanni ishlatishdan oldin unga toza oq qog’oz o’rab lampa bilan ishlanadi va shu istalgan kog’ozga to’qima harakati yoziladi. Yozilgan chiziqlar o’chib ketmasligi uchun, kog’oz barabandan olinib, maxsus eritma (1 l. benzin, 60 g. kanifol va 0,5 g oq mumdan tayyorlangan)ga bir necha marta botirib olib quritiladi.
Mariya kapsulasi yordamida turli xil harakatlarni istalgan baraban qog’ozga yozish mumkin.
Vaqtni belgilaydigan asbob sim o’ralgan elktromagnit g’altakdan tuzilgan. G’altak ustida yozadigan prujinali pero bor.
Bu asbob yordamida to’qima ta’sirlangandan boshlab javob berguncha o’tgan vaqtni, organizmga turli moddalar yuborganda ularning ta’siri yuzaga chiqquncha ketgan vaqtni o’lchash uchun qo’llaniladi.
Fiziologiyadan laboratoriya mashg’ulotlarini hayvon ustida o’tkaziladigan tajriba yoki operatsiyalar vaqtida odam xirurgiyasida ishlatiladigan asboblarga o’xshash asboblardan foydalaniladi. Lekin ish ustida yoki boshqa hayvonlar ustida o’tkaziladigan ba’zi tajribalarda maxsus asboblardan ham foydalaniladi.
Organizmdan ajratilib olingan ba’zi organlarning yashash qobiliyatini saqlash uchun tarkibi qonga yaqin bo’lgan eritmalardan foydalaniladi. Bunday eritmalarga fiziologik eritma Ringer, Ringer-Lok va Tirode eritmalari kiradi /I jadval/.
Bunday eritmalar yangi distillangan suvdan tayyorlanadi, ularning rNiga /7,2-7,8/ teng bo’lishi kerak.
Fiziologiyaning amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda hayvonlardan foydalaniladi. Ko’pincha laboratoriya ishlarida baqadan foydalaniladi. Ba’zi hollarda issiq qonli hayvonlar ustida ham tajriba o’tkaziladi. Bunda oq sichqon, kalamush, dengiz sichqoni, quyon, itlar ustida tajriba olib boriladi.
Hayvonlar ustida tajriba o’tkazish uchun ularni harakatsizlantirish lozim.
Harakatsizlantirish bir necha usullar bilan amalga oshiraladi.
Hayvonlarni o’rgatish. Masalan, itlarni maxsus stanoklarga o’rgatish yo’li bilan turli tajribalarni amalga oshirish mumkin.
Hayvonlarni bog’lab quyish. Masalan, quyon, mushuk, itlarni maxsus operatsiya stoliga yotqizib oyoqlarini stol atrofiga arqon bilan bog’lab tortib qo’yiladi.
Narkoz berish yo’li bilan tinchlantirish.
Hayvonlarning nerv sistemasini shikastlantirish yo’li bilan tinchlantirish. Masalan, baqani harakatsizlantirish uchun uning orqa miyasi shikastlantiriladi. Yirik hayvon (quyon, mushuk, it)larni harakatsizlantirish uchun esa bosh miyadan uzunchoq miya ajratiladi.
Turli fiziologik eritmalarning kimyoviy tarkibi
/1,0 l. distillangan suvda, gr. hisobida/
1-jadval


Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling