1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet7/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

IShNI OLIB BORISh
Panchenkov asbobi yog’och yoki metall (alyumin) shtativdan va unga tik holatda joylashtirilgan 8-20 ta kapilliyar shisha naychadan tashkil topgan. Bu naychalarning diametri 1,0 mm. bo’lib, yuqoridan pastga tomon 100 ml. darajalarga bo’lingan. Naychaning eng yuqoridagi 0 raqami ro’parasida K harfi, qoq o’rtasidagi 50 raqami ro’parasida P harfi bor.
Eritrotsitlarning cho’kish tezligini aniqlash uchun shu naychalardan birini olib, 5 % li limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi bilan yuvib, shu eritmadan P (50) belgisigacha to’ldirib olib, soat oynasiga tomiziladi.
Nomsiz barmoqdan qon chiqarib K belgisigacha ikki marta olinib, u ham soat oynasiga tomiziladi va undagi eritma bilan aralashtiriladi. Bunda hosil bo’lgan aralashmaning nisbati 1:4 bo’ladi.
Shu aralashmadan bo’sh naychalarning biriga K (0) belgisigacha to’ldirib, shtativda tik holatda bir soat saqlanadi. Shu o’tgan vaqt ichida eritrotsitlar shisha nay ichida cho’kadi.
Cho’kish tezligini aniqlab, daftarga yozib olinadi.
Ish oxirida Panchenkov asbobining rasmini solib, tegishli xulosa chiqariladi.
Savollarga javob bering.
a/ Eritrotsitlarning cho’kish tezligi deb nimaga aytiladi?
b/ Eritrotsitlar cho’kish tezligini o’rganish qanday ahamiyatga ega?
4- Mashg’ulot
Qonning morfo biologik xossalari va qon guruxlari
1-t o p sh i r i q :
ODAM QONIDAGI GEMOGLOBIN MIQDORINI ANIQLASh
Ishning maqsadi:
Odam qonidagi gemoglobin miqdorini aniqlash usuli bilan tanishishdan iborat.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Sali gemometri, detsinormal (0,1 N) gidroxlorid kislota, nina, distillangan suv, spirt, yod, pipetka, shisha tayoqcha, paxta.
Qondagi gemoglobin rang beruvchi modda bo’lib, eritrotsitlarning ko’p qismini tashkil qiladi. U murakkab oqsillardan xromoproteidlar gruppasiga kiradi. Gemoglobin ikki qismdan iborat. Oqsilli qismi globin, ikkinchi qismini modda – gem tashkil qiladi. Gemoglobin tarkibida temir moddasi bo’lib, uning yordamida gemoglobin kislorod va karbonat angidridni tashish vazifasini bajaradi. Qondagi gemoglobin miqdorini birinchi marta Sali gemometr asbobida aniqlagan. Sali gemometri shtativdan iborat bo’lib, uning orqa tomoniga hiralashtirilgan oyna o’rnatilgan. Shtativda uchta probirka o’rnatilgan bo’lib, ikki chetidagi probirkalarga sariq rangli standart eritma – gematin sulьfat kislota to’ldirilib payvandlab qo’yilgan. O’rtadagisi bo’sh bo’lib, ikki xil darajalarga bo’lingan. Birinchi daraja 100 g. qondagi gemoglobinning gramm hisobini, ikkinchisi esa gemoglobinning normaga nisbatan (100 ml. qonda 16,67 g. miqdorida bo’lishi 100 % ni tashkil qiladi) protsent hisobidagi miqdorini ko’rsatadi.
Sog’lom odam qonida gemoglobin miqdori har xil bo’ladi. U erkaklarda 13,3 – 15,6 grammgacha yoki 82,8 – 93,6 % ni (gemometr birligida), ayollarda esa 12,1 – 13,8 grammgacha yoki 75,6 – 82,2 % ni tashkil qiladi.

Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling