IShNI OLIB BORISh
- Sanash kamerasi bilan tanishib chiqish, uning to’r qismini mikroskop ostida kuzatish.
- Kamerani kichik yopuvchi oyna bilan yopish, uni mustahkam yopish uchun to «Nьyuton uzugi» paydo bo’lguncha ishqalanadi.
- Qonni 1:200 /1:100/ga qadar suyultiring. Buning uchun qonni aralashtiruvchining 0,5 belgisiga qadar olinadi / «1» /, undan so’ng aralashtiruvchining uchini 3 % li osh tuzi eritmasiga solib, uning «101» belgisiga qadar eritmadan olinadi.
- Aralashtiruvchi to’ldirilgandan keyin, undan rezina naychasi olib tashlanadi va ikki uchidan barmoq bilan bekitib 2 minut davomida aralashtiriladi.
- Aralashtiruvchidagi suyultirilgan qondan 2-3 tomchisi uning kapillyar naychasidan paxtaga tomizib tashlangandan so’ng, keyingi tomchisi sanash kamerasiga tomiziladi.
- Eritrotsitlarni mikroskopning eng katta qilib ko’rsatadigan okulyari (okulyar 7x ob’yektiv 40x) yordam bilan sanaladi. Eritrotsitlar 16 ta mayda kameralarga bo’lingan va to’rning turli bo’limlarida joylashgan 5 ta katta kvadratlarda sanaladi: 5 ta kvadratlarni dioganal bo’ylab yoki 4 ta burchaklarda joylashgan va bitta o’rtada joylashgan kvadratda sanaladi.
Eritrotsitlarni adashib qaytadan sanamaslik uchun kuyidagi qoidalarga rioya etish lozim:
a) Har bir kichik kvadratning ichki qismida va uning yuqori hamda chap tomonida joylashgan eritrotsitlarni sanash;
b) Sanagan paytda har bir kvadratning materiallini hisoblamoq kerak. Kichik kvadratlarda sanashni qing’ir-qiyshiq usulda olib borish lozim.
Yozib olib borishni quyidagi sxemada olib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |