1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Kimyoviy moddalar-ning nomi
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiq-qonli hayvonlar uchun Sovuq-qonli hayvonlar uchun Issiq-qonli hayvonlar uchun
- 6,0-7,0 8,0-9,0 6,0-7,0 8,0-7,0
- Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar
- 2 – t o p sh i r i q : BAQA VA ODAM QONINING BO’YALGAN PREPARATINI MIKROSKOPDA KO’RISh Ishning maqsadi
2- Mashg’ulot Qon olish texnikasi 1 – t o p sh i r i q : BARMOQDAN QON OLISh TEXNIKASI. Ishning maqsadi. Qonni tekshirish uchun ko’pincha barmoqdan olinadi. Shuning uchun ham qonni barmoqdan olishdan oldin unga qo’yilgan metodik talablarni o’rganish lozim. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Barmoqni teshuvchi nina, spirt, efir, 5 % li yod eritmasi, paxta. IShNI OLIB BORISh - Dezinfeksiya maqsadida va teridagi yog’ni tozalash uchun chap qo’lning nomsiz barmog’i spirt bilan paxta yordamida yaxshilab artiladi. - Tozalangan nina /lanset/ bilan barmoqning yumshoq yeriga igna sanchiladi (uning chuqurligi 2-3 mm.). Ninani shunday sanchish lozimki, qon barmoqni siqmaganda ham chiqsin. - Qonning birinchi tomchisi paxta bilan artiladi, keyingi tomchisidan esa taxlil uchun olinadi. - Qon olingandan so’ng yodga botirilgan paxta bilan artiladi va o’rab qo’yiladi. Qon barmoqdan to’xtagungacha paxta olib tashlanmaydi. 2 – t o p sh i r i q : BAQA VA ODAM QONINING BO’YALGAN PREPARATINI MIKROSKOPDA KO’RISh Ishning maqsadi: Baqa bilan odam qonidagi eritrotsitlarni bir-biriga taqqoslash va odam qonidagi leykotsitlarni ko’rishdan iborat. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi kislorodni hamda karbonat angidridni tashib berishdan iborat. Kislorod va karbonat angidrid eritrotsitlardagi gemoglobin yordamida yetkazib beriladi. Hayvonot olami takomillashgan sari ularning evolyutsiyasi jarayonida kislorodga bo’lgan ehtiyoji tobora orta borishi natijasida eritrotsitlarning shakli, tuzilishi va miqdori ham o’zgarib boradi. Baqa eritrotsitlari yirik, yapaloq, ellipis shaklida bo’lib, yadro o’zagi bor. Odam eritrotsitlari esa yadrosiz, ikki qayta bukilgan disk shaklida bo’lib, markazi atrofidagi uchastkalar kabi yuzaga yaqindir. Bunday tuzilish kislorod bilan yaxshi to’yinishga yordam beradi. Ularning yadrosi yo’qolib, o’rniga gemoglobin miqdori ko’paygan bo’ladi. Odam eritrotsitlari juda mayda bo’lib, diametri 7,2–7,7 mm. dan oshmaydi, ularning miqdori ko’pligi sababli umumiy nafas olish sathini juda kengaytiradi. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Mikroskop, odam va baqaning bo’yalgan qoni. IShNI OLIB BORISh 1. Mikroskopni eng yirik ko’rsatadigan darajada moslab, odam va baqaning bo’yalgan qon preparati ko’riladi. 2. Eritrotsitlarning shakli, yirik-maydaligiga va yadrosining bor-yo’qligiga e’tibor bering. 3. Mikroskopda ko’ringan rasmni daftaringizga chizib oling. 4. Savollarga javob bering: a/ Eritrotsitlar qanday shaklda bo’ladi? b/ Odam bilan baqa qonidagi eritrotsitlar bir-biridan qanday farq qiladi? 3- Mashg’ulot Qonning fizikaviy va kimyoviy xossalari 1 – t o p sh i r i q : QONNING ShAKLLI ELEMENTLARI MIQDORINI ANIQLASh Qonning shaklli elementlariga qizil qon tanachalari – eritrotsitlar, oq qon tanachalari – leykotsitlar va qon plastinkalari – trombotsitlar kiradi. Eritrotsitlar bilan leykotsitlarni sanash uchun maxsus qon suyultirgich (aralashtirgich) va shisha kameralardan foydalaniladi. Qon suyultirgich o’rtasi tuxumsimon kengaygan shisha naychadan iborat bo’lib, unda 0,5; 1,0 va 101 belgilari bor. 0,5 belgisi shisha naychaning o’rta qismida, tuxumsimon kengaymaning tagida 1,0; yuqorisida 101 belgisi bo’ladi. Kengaygan joy ichida yumaloq shisha munchoq bo’lib, u qonni yaxshi aralashtirish uchun hizmat qiladi. Leykotsitlarni sanash uchun ishlatiladigan aralashtirgich ham yuqorida aytilgan aralashtirgich singari tuzilgan, lekin belgilari boshqacha (0,5; 1,0 va 11,0) va kengaygan joyi bir oz kichikroq bo’ladi; chunki, eritrotsitlarni sanashda qon 100 yoki 200 marta suyultirilsa, leykotsitlarni sanashda esa qon 10-20 marta suyultiriladi. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling