1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – t o p sh i r i q : ERITROTSITLAR SONINI ANIQLASh Ishning maqsadi
Sanash kameralari.
Qonning shaklli elementlarini sanash uchun Toma-Seys, Predtechinskiy, Goryayev va Byurker kameralaridan foydalaniladi. Bu kameralarning tuzilishi bir xil bo’lsa ham, katak (kvadrat) larining soni turlicha bo’ladi. T o m a – S ye y s k a m ye r a s i qalin oynadan iborat bo’lib, uning o’rtasiga kvadrat shaklida mayda katakchalarga bo’lingan yupqa shisha plastinka yopishtirilgan. Bu plastinkadagi kvadratlarning har bir tomoni 1/20 mm. ga teng. Demak, har bir kvadratning sathi 1/20*1/20=1/400 mm2 ga teng bo’ladi. Kataklarga bo’lingan shisha plastinka ustini ikkinchi yupqa shisha plastinka qoplab turadi. U birinchi shishadan 1/10 mm. ko’tarilib turadi. Shuning uchun har bir kichik kvadratning hajmi (1/10*1/400 mm2)=1/4000 mm3 ga teng bo’ladi. Toma-Seys kamerasida 16 ta katta kvadratlar bo’lib, uning har biri yana 16 ta mayda kvadratlarga bo’lingan. Mayda kvadratlarning umumiy soni 400 ta. P r ye d t ye ch i n s k i y k a m ye r a s i 100 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo’lib, shundan 25 tasining har biri yana 16 tadan mayda kvadratga bo’lingan. G o r ya ye v k a m ye r a s i 225 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo’lib, shundan 25 tasining har biri yana 16 tadan mayda kvadratlarga bo’lingan. B yu r k ye r k a m ye r a s i 144 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo’lib, bu katta kvadratlarning yuqori va past tomonlarida mayda kvadratlar bo’ladi. Keyingi ikki (2,3) laboratoriya ishi qonning shaklli elementlari miqdorini aniqlashga bag’ishlangan. Bu ikkala ishni bajarishdan maqsad odam qonidagi hujayralarning shakli, miqdorini aniqlash va ularni hisoblash usulini o’rganishdan iborat. 2 – t o p sh i r i q : ERITROTSITLAR SONINI ANIQLASh Ishning maqsadi: Qondagi eritrotsitlarning sonini sanash texnikasi bilan tanishish, eritrotsitlarning 1 mm3. dagi sonini aniqlash. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: mikroskop, hisoblash kamerasi, eritrotsitlar aralashtirgichi, nina, 3 % li osh tuzi eritmasi, spirt, efir, yod eritmasi, paxta. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling