1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - t o p sh i r i q ERITROTSITLARNING OSMOTIK ChIDAMLIGINI ANIQLASh Ishning maqsadi
IShNI OLIB BORISh
Odamning qon gruppasini aniqlash uchun ikkinchi va uchinchi gruppadagi qon zardobidan foydalaniladi. Buning uchun buyum oynasining ikki chetiga har bir gruppadagi qon zarodobidan tomiziladi. So’ngra barmoqdan qon chiqarib, har bir zardob tomchisi yoniga bir tomchidan tomiziladi va alohida-alohida shisha tayoqcha bilan har qaysi qon zardobi yonidagi qon tomchisi bilan aralashtiriladi (bir zardob tomchisiga tekkan tayoqchani ikkinchi zardob tomchisiga tegizmaslik kerak). Agar oradan tahminan 5 minut vaqt o’tgach, ikala gruppadagi zardrbda agglyutinatsiya sodir bo’lmasa (agglyutinatsiya aralashma ipir-ipir bo’lib qolganligidan bilinadi), tekshirilayotgan qon birinchi gruppaga kirgan bo’ladi. Agar ikkala zardob tomchisida ham agglyutinatsiya sodir bo’lsa, qon to’rtinchi gruppaga kiradi. Agglyutinatsiya ikkinchi gruppadagi zardobdagina bo’lib, uchinchi gruppa zardobida sodir bo’lmasa, qon uchinchi gruppaga kiradi. Nihoyat, agglyutinatsiya uchinchi gruppa zardobida sodir bo’lib, ikkinchi gruppada bo’lmasa, u holda bu qon ikkinchi gruppaga kiradi. Tahminan 40 % odamning qoni birinchi, 39 % niki ikkinchi, 15 % niki uchinchi, 6 % niki to’rtinchi gruppaga kiradi. Ish tugagach natijasini daftaringizga yozib, rasmini chizib oling. Savollarga javob bering. a/ Siz tekshirgan qon qaysi gruppaga kiradi? b/ Qon gruppalari necha xil bo’ladi va ular bir-biridan qanday farq qiladi? 2 - t o p sh i r i q ERITROTSITLARNING OSMOTIK ChIDAMLIGINI ANIQLASh Ishning maqsadi: Qonning osmotik gemolizini hosil qilish va gemolizlangan qon bilan gemolizlanmagan qonni bir-biridan ajrata bilishni o’rganishdan iborat. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Yog’och shtativ, 8 ta probirka, osh tuzining: 0,90; 0,60; 0,55; 0,45; 0,40; 0,35; 0,30; 0,25 % li eritmalari. Eritrotsitlar o’z atrofidagi suyuqlik konsentratsiyasining o’zgarishiga chidash xususiyatiga ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir tomchi qoni osh tuzining izotonik (0,9 % li yoki 0,85 % li) eritmasiga solinsa, eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil bo’ladi, chunki eritrotsitlardan eritmaga chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi o’zgarmaydi. Osh tuzining yuqori konsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa eritrotsitlar burishib, hajmi kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o’zidagi suvni eritmaga chiqaradi. Aksincha, konsentratsiyasi kuchsiz bo’lgan osh tuzi (gipotonik) eritmasida eritrotsitlar bo’rtadi; chunki bunda eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. Bunday eritmaning konsentratsiyasi pasaytirib borilsa, eritrotsitlar ichiga suv ko’p kirib, ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning konsentratsiyasi ma’lum darajaga yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular asosan osh tuzining 0,45 % li eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida butunlay yorilib bo’ladi. Eritrotsitlar yorilib, tashqariga gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Plazmada osmotik bosimning kamayishi yoki eritroyitlarga spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir ta’sir etishi natijasida gemoliz ro’y beradi. Butunlay gemolizlangan qon tiniq qizil ranga kiradi va u lak qon deb ataladi. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling