IShNI OLIB BORISh
Buning uchun probirkalarni shtativga joylab, ularning har qaysisiga yuqoridagi eritmalardan alohida-alohida 2-3 ml. dan quyib, ustiga 20 mm3. dan fibrinsizlantirilgan i tyoki odam qoni tomiziladi.
Probirka yengil chayqatilib, uy temperaturasida bir oz saqlanadi.
So’ngra probirkadagi eritmalarning rangiga qarab, qaysi probirkada chala va qaysi probirkada to’la gemoliz sodir bo’lganligi aniqlanadi.
Agar eritrotsitlar eritmada yorilmasa, eritma tagiga cho’kadi. Ular osh tuzining 0,45 % li eritmasida minimal, 0,32 % li eritmasida esa maksimal darajada yoriladi.
Turli kasalliklarda (sariq, kamqonlikda) eritrotsitlarning chidamlilik darajasi o’zgaradi (pasayadi).
Tajriba tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling.
Savollarga javob bering.
a/ Osmotik bosim deb nimaga aytiladi?
b/ Gemolizlangan va gemolizlanmagan qon bir-biridan qanday farq qiladi?
6-Mashg’ulot
Yurak ishi va muskullarini fiziologik xossalari (Stanius)
1 – t o p sh i r i q
BAQA YURAGINING QISQARIShINI YOZISH
Ishning maqsadi:
Kordiagrafiya texnikasini o’zlashtirish va baqaning yurak sikllari fazalarini o’rganish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Kimograf, universal shtativ, engelьman richagi, serfin, preparoval asboblar yig’indisi, toshlar, ipak iplari, paxta, marli, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma yoki Ringer eritmasi, baqa.
IShNI OLIB BORISh
- Baqa yuragining qisqarishini yozib olish uchun maxsus asboblarni tayyorlang.
- Orqa miyasi jarohatlash yo’li bilan harakatsizlantirilgan baqani tayyorlang va preparavol taxtaga qornini tepaga qilib yotqizing va ninalar bilan sanchib mustahkamlang.
- Qorin va ko’krak qafasini qirqib yurakni toping.
- Yurakning tepa qismini ko’tarib, uning ildizidan bog’lang va bog’langan joyidan pastki qismidan qirqing.
- Serfin yordami bilan yurakning tepa qismini Engelьman richagi bilan tutashtiring.
- Richagni gorizontal holatga keltirib, uning yozuvchi qismini kimografning baqa boshidagi dudlangan qismiga tegizing.
- Kardiogrammani yozing. Agar kardiogramma bo’limlari chiziqlari yaxshi yozilmasa, richagning ma’lum bir qismiga uncha og’ir bo’lmagan yukni orting. /qo’rg’oshinli plastinka/
- Ish davrida yurakni Ringer eritmasi bilan ho’llab turish lozim, chunki uning qurib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
- Kardiogrammani chizing, uning qismlarini tahlil qiling va savollarga javob bering:
a/ Kardiogramma deb nimaga aytiladi?
b/ Yurak sikli deb nimaga aytiladi va qanday fazalardan tashkil topgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |