1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet47/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

30-Mashg’ulot
Oliy nerv faoliyatida tormozlanish
Ichki va tashqi tormozlanish
Bosh miya yarim sharlariningfaoliyatida qo’zg’alish protsesslari bilan bir qatorda tormozlanish-protsesslari ham doim bo’lib turady. Tormozlanish ikki xil bo’ladi: ichki tormozlanish va tashqi tormozlanish.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks paydo qilingan itga kutilmagan biror ta’sirot ko’rsatilsa, bu ta’sirot nerv sistemasining ma’lum markazlarida qo’zg’alish gozaga kelishiga sabab bo’ladi va avval qo’zg’alib turgan markaz ishini tormozlab qo’yadi. Masalan, itda ovqatlanish refleksy hosil qilingan, lekin bu refleks hali mustahkamlanmagan bo’lsin. Bu vaqtda it yoniga biror kishi kirib qolsa, bu kishi ta’sirot paydo bo’lgan avvalgi refleksning tormozlanishiga sabab bo’ladi. Bunda yangi ta’sirot miya po’stlog’ida qo’zg’alish hosil qilib, shu qo’zg’alish atrofida esa tormozlash protsessi hosil b5'ladi va shartli refleks qo’zg’alishini ham tormozlab qo’yadi.
Tashqi tormozlanish shuningdek organizm ichidan va intero-retseptorlardan keluvchi ta’sirotlar natijasida ham yuz berishi mumkin. Masalan, itda yuqorida aytib o’tilgan ovkatlanish shartli refleksi paydo qilinib, bu refleks hali mustahkamlanmagan bo’lsa va shartli ta’sirotlar kelayotgan vaktda it siymoqchi bo’lsa, qovuqda hosil bo’lgan ta’-sirot miya po’stlog’ida xuddi boyagidek qo’zg’alish hosil qilib ovqatlanishga doir shartli refleksni tormozlab qo’yadi. It siyib bo’lgapdan keyin tajribapi davom ettirilsa, shartli reflekslarning yana paydo bo’lganligini ko’rish mumkin.
Ichki tormozlanish
Ma’lum sharoitlarda musbat shartli ta’sirot tormozlapish qitiqlagichiga aylanishi mumkin. Bu miya po’stlog’ida qo’zg’alish emas, balki tormozlanish protsessini vujudga keltiryshi mumkin. Ichki tormozlanish sekin-asta paydo bo’ladi va mustahkamlanadi.
Ichki tormozlanish to’rt xil bo’ladi:
Refleksning so’nishiga olib keladigan tormozlanish. Agar ishlangan shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmasa, u so’nib, yo’qoladi.
Shartli ta’sirotlarni ajratish. Shartli ta’sirotlarni ajratish ichki tormozlanishning asosidir.
Agar bir shartli ta’sirotga shartli refleks ishlangan bo’lsa, shu qitiqlagichga o’xshash ta’sirotlar ham birinchn marta shartli qitiqlagichdek shartli refleks hosil qiladn. Masalan, 100 V li elektr lampa yonganida so’lak ajralish refleksi ishlangan bo’lsa, 150 V li lampa yonganida ham shu refleks ishlanadi.
Bularning ikkalasi ham miya po’stlog’ida qo’zg’alish prodessiii yuzaga keltiradi. Lekin shu ikkala ta’sirotdai birinchisini doim mustahkamlab turilsa va ikkinchisi takrorlanib, lekin mustahkamlanmasa, ulardan birinchnsi miya po’stlog’ida avvalgidek qo’zg’alish ro’y berishiga sabab bo’ladi. Ikkinchisi esa endi teskari tormozlanishni keltirnb chiqaradi.
Shu ikki ta’sirotning biriga so’lak ajralishi va ikkinchisiga esa mutlaqo ajralmasligi yoki bir oz ajrzlishi it nerv sistemasining tiiiga, ayniqsa unda qo’zg’alish protsessiniig kuchiga bog’liq bo’ladi. Qo’zg’alish protsessi qanchalik kuchli bo’lsa, differensirovka yoki ajratish shunchalik yaxshi bo’lib, ikkinchi qitiqlagichga so’lak ajralishi kamriq bo’ladi yoki mutlaqo bo’lmaydi.



Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling