1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet48/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

31-Mashg’ulot
Eshituv organlari fiziologiyasi
TOVUSh YO’NALIShINI ANIQLASh
Ishning maqsadi:
Binadral eshitish xususiyatlarini va fazoda tovushning yo’nalish usulini aniqlash.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Fenendoskop, har xil uzunlikdagi rezina naychalar, kamerton /S512 /, paxta va spirt.
IShNI OLIB BORISh
Tekshiriluvchi qulog’iga fonendoskop uchi kirgizilib, unga ji-ringlayotgan kamerton to’g’rlanadi. Tekshiriluvchi jaranglayotgan predmet oldida yoki orqada turganligini aytadi.
Fenendoskopning bitta nayi uzaytirilib, yuqoridagi tajriba qay-tariladi (tekshiriluvchi qaysi tomondagi nay uzaytirilganini bilmasligi kerak). Tekshiriluvchi kamerton naychasining kalta tomonida turganligi aytiladi.
Kuzatilgan faktlarga izox beriladi va savollarga javob qaytariladi:
a/ Binadral effekt deb nimaga aytiladi?
b/ Qaysi faktlar binadral effektga sababchi bo’ladi?
EShITIShNI KAMERTON ORQALI TEKShIRISh.
Ishning maqsadi:
Suyak va havo o’tkazuvchanligini solishtirma baholash va havo o’tkazuvchanligining afzalligini aniqlab berish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Kamerton S128, sekundomer, paxta, spirt.
IShNI OLIB BORISh
a) Veber probasi (tovush materalizatsiyasi, suyak o’tkazish mavjudligini tekshirish).
Past kamerton S128 bilan ishlash. Tebranayotgan kamerton oyog’ini kalla o’rta chizig’i tepa suyagining o’rtasiga aniq qilib qo’yish. Normal eshituvchanlik – kamertonning jaranglash intensivligi ikkala quloqqa bir xil seziladi.
Quloqning biriga paxta tiqib ikkinchisiga kamerton bilan o’tkazilgan kuzatuv takrorlanadi. Bu holda berkitilgan quloqda tovushni qabul qilish yuqori bo’ladi. Bunga sabab, ochiq quloq orqali kirgan tovushlar energiyasining bir qismi tarqalib ketadi.
b) Rinne probasi (suyak va havo o’tkazuvchanligini solishtirish).
Tebranayotgan kamerton S128 oyog’ini chakka suyagining so’rg’ichsimon qo’yiladi.
Suyak orqali jaranglayotgan kamerton tovushini sezish yo’nalgandan
so’ng (bu haqida tekshiriluvchi panjasini ko’tarib xabar beradi) kamertonni quloq suyagiga yaqinlashtiradi. Bunda tovush yana eshitila boshlanadi. Havo orqali kamertonni eshitish vaqti belgilanadi. Normal eshituvchanlikda havo orqali eshitish suyak orqali eshitishga qaraganda yakka baravar effektliroqdir.
Kuzatilgan faktlarga izoh bering va savollarga javob qaytaring:
a/ Tashqi va o’rta quloq vazifalari;
b/ Eshitish analizatorining periferik bo’limi;
v/ Havo va suyak orqali o’tkazuvchanlik.



Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling