1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 - MASHG’ULOT INFUZORIYA TUFYELKA SINING TUZILISHIVA RIVOJLANISHI Tip. Infuzoriyalar - Ciliophora Sinf.
- Infuzoriyalar - Paramecium Tur. Infuzoriya tufyelka - Paramecium caudatum
- Ishning mazmuni.
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Qon sporalilar tuzulishi va biologiyasini o’rganish. 2. Bezgak plazmodiysini rivojlanish sikli qanday bos- qichlardan iborat. 3. Qon sporalilami muhim vakillari va ularga qanday qarshi kurashiladi. 4. Bezgak plazmodiyasining turli xil taraqqiyot davridagi tuzulishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlami chizish. 52
10 - MASHG’ULOT INFUZORIYA TUFYELKA SINING TUZILISHIVA RIVOJLANISHI Tip. Infuzoriyalar - Ciliophora Sinf. Kiprikli infuzoriyalar - Ciliata Kenja sinf. Teng kipriklilar - Holotricha Turkum. Gimenostomatiar - Hymenostomata Avlod. Infuzoriyalar - Paramecium Tur. Infuzoriya tufyelka - Paramecium caudatum 0 ’quv mashg'ulotining maqsadi: infuzoriya tufyelka sining tuzilishi, rivojlanishini o’rganish va harakatini kuzatish. Kerakli jihozlar: infuzoriyali suv namunasi, tomizgichlar, buyum va qoplag’ich va soat oynalari, mikroskoplar, binokulyar, filtr qog’ozlar, paxta, ko’rgazmali vositalar. Ishning mazmuni. Tufyelka tabiatda keng tarqalgan bo’lib, chirinchi va mineralga boy bo'lgan chuchuk suvlarda yashaydi. Bular sirtdan qaraganda poyafzalning tag charmiga o’xshaganligi uchun tufyelka deb ataladi (18-rasm). 53
18-msm. Infuzoriyn tufyelka si - Paramecium caudatumning tuzilishl 1-kiprikchalar; 2-ovqat hazm qiluvchi vakuolalar; 3-mikronukleus; 4-og’iz; 5-halqum; 6-oziq qoldig'ining chiqarilishi; 7-qisqaruvchi vakuola; 8-makronukleus; 9-trixotsistlar. Tufyelka tanasining uzunligi 0,25-0,35 mm. Usti yupqa-pellikula bilan o’ralgan. Pellikulaning ustki qismi juda ko’p bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Biroq tananing keyingi tomonidagi kiprikchalar biroz uzunroq boMadi. Kiprikchalar harakat qilish organellasi bo’lib, tufyelka da bir sekundda o’z tanasi uzunligidan 8-9 barobar ko’p yoMni bosib o’tadi. Pellikulaning ostida tashqi ko’rinishidan tayoqcha shaklidagi duksimon trixotsistlar boMib, ular mexanik, kimyoviy va boshqa har xil ta’sirlar natijasida pellikulaning mayda teshikchalari orqali ipchaga o’xshab otilib chiqadi. Trixotsistlar himoya qilish vazifasini bajaradi. Tufyelka protoplazmasi ham ektoplazma va endoplazmadan iborat. Endoplazma markazida ikkita yadro joylashgan boMib, ulardan biri loviyasimon shakldagi katta yadro-makronukleus, ikkinchisi kichik yadro - mikronuk- leusdir. Bular ikkalasi bir-biriga juda ham yaqin joylashgan. 54 Makronukleus infuzoriya tanasida boMadigan butun hayotiy jarayonni, jumladan oqsil moddaiari sintezlanishini boshqarish vazifalarini bajaradi. Mikronukleus esa, asosan irsiy xromasomalarni saqlovchi bo’lib, jinsiy ko’payish jarayonida boshqa ruvchi rolini o’ynaydi. Tufyelka suvdagi bakteriyalar, chirindi moddalar va suv 0’tIarining parchalari bilan oziqlanadi. Uning ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi quyidagicha: qorin tomonining oldingi yarmida og’iz oldi chuqurchasi yoki peristom joylashgan, uning tubida esa og’iz-tsistostom boMib, undan chiqqan kanal halqum-tsitofarinksni tashkil qiladi. U esa endoplazmaga ochiladi. Endoplazmaga kirgan oziq moddalari atrofida biroz suyuqlik ajralishi bilan ovqat hazm qilish vakuolasi hosil boMadi. Bu vakuola asta-sekin halqumdan ajralib, endoplazmada harakat qila boshlaydi. So’ngra uning o’rnida yangi vakuolalar paydo boMadi. Shunday qilib, endoplazmada bir nechta vakuola hosil boMadi va ular sitoplazma oqimi bo’ylab bir xil yo’nalishda harakat qiladi. Ozuqali vakuola harakati davrida uning ichiga endoplazmadan ferment tushib, ozuqani hazm qiladi. Vakuola ichidagi hazm boMmagan oziq moddalar tanasining orqa uchiga yaqin joyidagi teshikcha (poroshitsa) orqali tashqariga chiqariladi. Tufyelka ning ikkita qisqaruvchi vakuolasi boMib, ularning biri tananing oldingi, ikkinchisi esa orqa uchida joylashgan. Har bir qisqaruvchi vakuola markaziy pufakcha va 5 ta yig’uvchi naychalardan tashkil topgan. Tanada yiqiladigan ortiqcha suv va dissimilyatsiya mahsulotlari dastlab naychalarda to’planadi, keyin pufakchaga o’tib, undan tashqariga chiqariladi. Bu vakuolalar navbat bilan ishlaydi, bittasi qisqargan paytda, ikkinchisida suv yiqiladi. Suv harorati 16-20 gradus boMganida har minutda 3 marta qisqaradi. Tufyelka jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinssiz ko’payganda uning tanasi ko’ndalangiga boMinadi (19-rasm). 55
19-rasm. Bo’linayotgan infuzoriya tufyelkasi 1-qisqaruvchi vakuolalar; 2-og’iz; 3-bo’linayotgan makronukleus; 4-bo’linayotgan mikronukleus. Bunda oldin mikroneukleus, so’ngra esa makroneukleus boMinib, keyin protoplazma ham ko'ndalangiga ikkiga ajraladi. Harorat va oziq moddalar yetarli darajada boMganda, bir kecha - kunduzda har bir tufyelka 2 marta boMinib, to’rtta infuzoriya hosil boMadi. Bir necha marta jinssiz ko’payishdan keyin tufyelka ning jinsiy ko’payishi, ya’ni konyugasiya jarayoni boshlanadi (20-rasm). 56 20-rasm. Infuzoriyalar konyugasiyasi A-konyugasiya boshlanishi; B-mikronukleusning birinchi meyotik boMinishi (chapda-metafaza davri, o'ngda-anafaza); V-mikronukleusning birinchi boMinishining tamom boMishi (chapda) va ikkinchi boMinishining boshlanishi (o'ngda); G-mikronukleusning ikkinchi boMinishi; D-mikronukleuslardan uchtasi yemirilib, bittasining uchinchi marta boMina boshlashi; E-pronukleuslar almashinuvi; J-pronukleuslar qo’shilib, sinkarion hosil boMishi; 3-sinkarionning boMinishi; I,K-sinkarion boMaklarining birinchi makronukleusga aylanishi. Bunda ikkita tufyelka peristom tomonlari bilan bir-biriga yopishib oladi va taxminan 10-12 soat davomida birgalikda suzib yuradi. Bu vaqt ichida ularning pellikulalari erib, ikkala tufyelka ning protoplazmasi qo’shiladi va o’rtada protoplazmatik ko’prikcha hosil bo’ladi. Ularning yadrolari chuqur o’zgarishga duch keladi. Avvalo makroneleus mayda mayda qismlarga boMinib, asta-sekin so’rilib yo’qolib ketadi. Mikronukleus mitoz yo’li bilan ikki marta boMinib, har bir individda to’rttadan yadro hosil boMadi. Ularning uchtasi so’rilib ketadi. Qolgan bittasi o’z navbatida ikkiga boMinib, ikkita kichik yadro paydo boMadi. Bularning bittasi harakatsiz-statsionar, ikkinchisi esa harakatchan-migratsion 57 yadrochalardir. Keyinchalik konyugatsiyalanuvchi infuzoriyalar o’zaro harakatchan yadrolarini almashtirib oladilar, ya’ni protoplazmatik ko’prikcha!ar orqali birinchi infuzoriyaning harakatchan yadrosi ikkinchisiga, ikkinchisining harakatchan yadrosi esa birinchiga o’tadi. Shundan keyin har bir infuzoriyaning protoplazmasidagi statsionar yadrochasi bilan sherik infuzoriyadan o’tgan migratsion yadrocha qo’shiIib sinkarion yadroni hosil qiladi. Bu jarayondan keyin konyugatsiyaianuvchi infuzoriyalar bir-biridan ajraladi. Keyinchalik har bir tufyelka da hosil bo’Igan sinkarion yadro uch marta bo'linib, 8 ta yadrocha paydo bo’ladi. Ularning 4 tasidan makronukleus, qolgan 4 tasidan esa mikronukleus hosil bo’ladi. Keyinchalik bu tufyelka lar yana jinssiz ko'payishini davom ettiradi. Infuzoriyalaming xilma-xil turlari mavjud: 1. Stilonixiya - Stylonichia mytilus. Pichan ivitilgan suvlarda tufyelka lar bilan bir qatorda uchraydi. U qorin kiprikli infuzoriyalaming vakili bo’lib, yelka tomoni qavariq, qomi esa yapaloq-tekis boMadi. Tananing yelka tomonida yakka-yakka bo’Iib joylashgan ingichka kipriklari bo’ladi. 2. Karnaychi - Stentor polymorphus har xil kipriklilar turkumining vakili. Ularda yon atrofidan tashqari butun tana yuzasi bir xil mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Kamaychi (trubach) deb atalishiga sabab tanasining old tomoni keng. Orqa qismi toraygan boMib, karnaysimon shaklda boMadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling