Uchta uchu, uchta burchak. Va yana uchta tomon. Uchchovimiz qo`shilishib. Yuramiz omon-omon! Qani bolalar atrofimizdagi narsalarga qarab, o`ylab ko`raylikchi. Uchburchak shakli ishlatilgan narsalar bor ekanmi? Shu payt eshik taqillab Bilmasvoy mexmon bulib kirib keladi. Tarbiyachi: Ie bolajonlar bizning guruximizga bilmasvoy mexmonga keldi. Bilmasvoy bolalar bilan salomlashmaysanmi? Bilmasvoy: Qanday salomlashaman. Tarbiyachi: Bu nima deganing salomlashishni xamma biladiku. Qani bolalar Bilmasvoy bilan bir chiroyli qilib salomlashaylikchi. Bolalar: Assalomu alaykum! Bilmasvoy: Assalomu alaykum. Tarbiyachi: Voy Bilmasvoy kiyimlaringni nega bunday qilib kiyding? Bilmasvoy: Qanday qilib kiyibman. Tarbiyachi: Bolajonlar Bilmasvoyning kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboramizmi!? (Shunda ikkita bola chiqib kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboradilar). Bilmasvoy sanashni bilasanmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |