1. Matematika faning predmeti Matematika fanining tuzilishi va tarkibiy qismlari. Matematikaning aksiomatik qurilishi


Download 29.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.10.2023
Hajmi29.42 Kb.
#1696176
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy.Matematika predmeti va uning borliqni bilishdagi vazifasi

1). Matematikaning paydo bo’lishi. Qadimda sonlarning kiritilishi va 
uning natijasida o’lchash ishlarida qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish 
amallarining bajarilishi arifmetika fanini vujudga keldi. Shundan boshlab 
matematika fan sifatida paydo bo’lganligi va matematika real hayotdagi 
masalalarni echishga tadbiq etila boshladi. 
2). Elementar matematika. Eramizdan o’dingi VI-V asrlarda Qadimgi 
Gretsiyada arifmetikaning rivojlanishi natijasida sonlar nazariyasi fan sifatida 
paydo bo’ldi. Shundan so’ng, harfli hisoblashlar – algebra vujudga keldi.
Ma’lumki, grek olimi Evklid tomonidan tekislikdagi figuralarni o’rganilgan 
geometriya – Evklid geometriyasi deb ataladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan bo’limlar elementar geometriya deb ataladi. 
3). O’zgaruvchi miqdorlar matematikasi. XVII asrda tabiatshunoslikni 
o’rganish va texnika rivojlana boshladi. Jisimlarning harakatini tadqiq qilish 
jarayonida cheksiz kichik miqdorlarni o’rganishga to’g’ri keldi. Cheksiz kichik 
miqdorlar – o’zgaruvchi miqdorlar bo’lib, ularni differentsial va integral hisobi, 
analitik geometriyaga qo’llanishdan boshlab o’zgaruvchi miqdorlar matematikasi 
davri boshlandi. 
Funktsiyani o’rganish jarayoniga matematikaning limit, hosila, differentsial, 
integral tushunchalarini o’zgaruvchi miqdorlarning qo’llanilishi matematik analiz 
fanini vujudga keltirdi. 
Analitik geometriyada fransuz olimi R.Dekart tomonidan kiritilgan 
koordinatlar usuli, geometriya masalalarini algebra va analiz tiliga ko’chirdi. 
4). Zamonoviy matematika. XIX asrdan boshlab zamonaviy matematika 
davri 
boshlandi. 
Ilmiy 
tadqiqotlarni 
kuchaytirish, 
zamonaviy 
axborat-
kommunikatsiyasi va 
innovatsiya 
texnologiyalarini 
joriy 
etish 
asosida 
iqtisodiyotini raqamlashtirish – ilmiy-texnik va iqtisodiy potensialini oshirishning 
strategic yo’nalishidir.


Mavjud moddiy, mehnat, energiya va vaqt resuslaridan samarali va oqilona 
foydalanish talabining ahamiyati ortib borayotganligi ilmiy izlanishlarda 
matematik usullar va kompyuter texnikasining tobora kengroq qo’llanishini taqoza 
etmoqda. 
Amaliy 
masalalarni 
echishda 
matematik 
usullardan 
keng 
foydalanilmoqda. 
Matematik usullarga misol qilib, matematik modellashtirish, taqribiy 
hisoblash usullari, masalaning echimini analitik usulda toppish, boshqaruvni 
raqamlashtirish va hakozalarni keltirish mumkin. 

Download 29.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling