3. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash
Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog’liq holda materiallar hisobi quyidagi: uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda materiallarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo’yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Materiallarni uzluksiz hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida materiallarning qoldig’i summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaxiralarning tannarxi to’g’risidagi ma’lumotlar olinishi mumkin. Sarflangan materiallarning tannarxi, sarflanishiga qarab tayyor mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.
Davriy hisobga olish tizimi qo’llanilganida hisobot davri mobaynida materiallarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishining batafsil hisobi yuritilmaydi. Materiallarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarlash natijalari bo’yicha aniqlanadi. Sarflangan (chiqib ketgan) materiallarning tannarxi ularni inventarlash yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas. Sarflangan (chiqib ketgan) materiallarning tannarxi davr boshidagi qoldiq summasi va davr mobaynida kirimlarni qo’shish hamda davr oxiridagi qoldiq summasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Materiallarni hisobga olishning qo’llanadigan tizimi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
4. Ishlab chiqarishga beriladigan materiallar tannarxini aniqlash: (yalpi identifikatsiyalash usuli; LIFO usuli (Last-in first-out, LIFO); o’rtacha qiymat usuli (Average-cost, AVECO); FIFO usuli (First-in first-out, FIFO); NIFO usuli (next-in first-out, NIFO); me’yoriy qiymat usuli)
Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
- Donalab (identifikatsiyalash) baholash usuli;
- FIFO — o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat;
- LIFO — o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat;
- AVEKO — o’rtacha tannarx.
O’zbekiston Resbulikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartining 4 standartida materiallarni baholashda korxonaning ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan xolda ma’qul usulidan foydalanish tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |