Materiallarning ombor xo’jaligining hisobi
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ – buxgalteriya (saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin.
Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.
Materiallarni hisobdan chiqarish va ularning hisobi
Sub’ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul ko’rinishida) qaydnomalaridan foydalangan holda TMZ harakatini so’m ko’rinishida hisobga olib boradi. Ushbu qaydnoma TM3 butligini nazorat qiluvchi, joylarda harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi. Ushbu 10-qaydnoma quyidagi tarkibda tuzilgan:
1-bo’limda: — sintetik schyotlar va guruhlar bo’yicha hisob-reja bahosida va haqiqiy tannarxida, TM3 kirimi va qoldiq summasi;
2-bo’limda: — transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo’yicha haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farqning summa va foiz ko’rinishlari;
3-bo’limda: — haqiqatda sarflangan TM3 haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan jo’natish, bo’limlarda sarflanishi, bo’limlardagi, markaziy ombordagi qoldig’i (haqiqiy va hisob-reja tannarxida).
10-qaydnomani tuzish uchun ma’lumotlar omborning registrlari va M-4 jamg’arma qaydnomasidan olinadi. Ushbu qaydnomada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
— "Kirim qilingan TM3 haqiqiy tannarxining tarkibi". Bu ma’lumotlar 1,6.7,8,10 va 13 jurnal-orderlardan va joriy oyda TM3 tayyorlash bilan bog’liq sarflarni aks ettiradigan gramma hujjatlardan olinadi. Bu ma’lumotlar 10- qaydnomaning 2-bo’limini to’lg’azish uchun zarur.
Materiallarni inventarizatsiya qilish tartibi
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi mumkin:
hisobot yilining 1 oktyabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;
moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda;
buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda;
o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud bo’lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol;
tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda;
korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |