2. Mahsulot birligi tannarxini hisoblashning jarayonli usuli.
Bu borada asosiy e’tibor hisobni tashkil qilish texnikasiga, buxgalteriya yozuvlariga va buxgalteriya — o’zaro aloqalariga ham qaratiladi
30-chizma
Umum ishlab chiqarish xarajatlari (egri ishlab chiqarish xarajatlari)
Yordamchi materiallar va ehtiyot-jamlovchi qismlar
Mehnat haqi bo’yicha egri xarajatlar
Boshqalar
Sex binosini saqlash xarajatlari
Jihozlarni ta’mirlash va ularga joriy xizmat qilish xarajatlari
Mol-mulk solig’i
Mol-mulk sug’urtasi
Har-xil ajratmalar
Kommunal xizmat xarajatlari
Ijara to’lovlari
Jihozlarga eskirish hisoblash va boshqalar
9. Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (sex) stavkalari
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish ko’p jihatdan xarajatlar hisobi qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Xarajatlar hisobining to’g’ri va o’z vaqtida tashkil qilinishi korxotining moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha to’g’ri hamda samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga asos bo’ladi. Sababi — mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha moddiy harakatlarni xarajatlar deb hisob- ga olishimizdan qat’i nazar, xuddi ana shu xarajatlar tabiati tannarxga kiritilishi, hisobga olinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Masalan, faraz qilaylik kichik korxona bir sexda bir vaqtning o’zida stollar, stullar va kreslolar ishlab chiqaradi. Bevosita stolni ishlab chiqarishga sarflanayotgan to’g’ri xarajatlarni (asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ishchining ish haqi xarajatlari va sh.k.) hisobga olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi, lekin ana shu stolning bir donasiga to’g’ri keladigan tijorat, kommunal xizmat va ma’muriy-boshqaruv aparati xodimlari xarajatlarini hisobga olish uchun qo’shimcha hisob-kitoblar amalga oshirilishi talab qilinadi.
Korxonada xarajatlar hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun eng avvalo, ana shu xarajatlarni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator tushunchalar mohiyatini to’g’ri anglab olish lozim bo’ladi. Xususan:
Do'stlaringiz bilan baham: |