1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
Download 48.34 Kb.
|
1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumishlab chiqarish xarajatlari, ming so’mda ming so’mda
- Jami: 49667 100 416209
- 7. Mehnatga haq to’lash shakllari Mehnatga haq tulashning shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan (75-jadval). 75-jadval
- Ish haqi to’lash shakllari Ishbay
Ish haqi ikki turga bo’linadi.
29-chizma. Ish haqi turlari 6. Ish haqini to’lashga xarajatlarni tahlil qilish 74-jadval Sutni qayta ishlash korxonasining 2019 yil uchun umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash (taqsimlash bazasi-asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi xarajatlari)
Ushbu jadvaldan kelib chiqib, bilvosita xarajatlar taqsimotining asosi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: — asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari; — mehnatning me’yoriy bevosita xarajatlari; — korxonadagi muayyan texnologik jarayonda qatnashuvchi xodimlar soni. 7. Mehnatga haq to’lash shakllari Mehnatga haq tulashning shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan (75-jadval). 75-jadval
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi. Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi. Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar. Ishbay-progressiv(ilg’or) shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo’yicha aniklanadi. Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin. Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlapshi o’z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladi. Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi. Oddiy vaqtbay shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi. Vaqtbay-mukofot shaklida tarif stavkalari bo’yicha ish haqidan tashqari muayyan miqdor va sifat ko’rsatkichlariga erishganlik uchun qo’shimcha ravishda mukfot to’lanadi. Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to’lovlari va rag’batlantirish to’lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi: -yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish; -muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag’batlantirish; - korxonalarning o’qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyaalari; -davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati; -mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar va boshqalar. T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq. T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-5 shakli. Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardai foydalaniladi: -ishbay ishlash uchun naryadlar; -raportlar; -marshrut varaqalari; -qaydnomalar; -bichish kartalari va hokazo. Download 48.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling