1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish


Download 48.34 Kb.
bet10/13
Sana21.09.2023
Hajmi48.34 Kb.
#1683220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish-fayllar.org

Xarajatlarni taqsimlash — bu ishlab chiqarish xarajatlarini aniq xarajatlar ob’ektiga olib borish jarayonidir. Masalan, bitta ishlab chiqarish joyida bitta mahsulot emas, balki bir necha turdosh mahsulotlar ishlab chiqarilayapti: stollar, stullar, kreslolar. Shu joyda xarajatlarni aynan ana shu ob’ektlar bo’yicha to’g’ri hisoblash va taqsimlash juda muhim.
Xarajatlar ob’ekti — bu tashkiliy tuzilma, shartnoma yoki boshqa hisob birligi hisoblanib, undan xarajatlar to’g’risida ma’lumot olinadi va u orqali jarayonlar, mahsulotlar, ishlar va kapital qo’yilmalar loyihalarining tannarxi (qiymatlari) o’lchanadi.
Xarajatlarni taqsimlashning jarayoni uchun zarur bo’lgan yana bir tushuncha — xarajatlar markazi tushunchasi hisoblanadi. Xarajatlar markazi — bu tashkiliy birlik yoki faoliyat doirasi bo’lib, aynan shu yerda mahsulot ishlab chiqarish bi­lan bog’liq barcha xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash maqsadga muvofiqdir. Ko’p hollarda, bu nisbatan mustaqil bo’lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo’lib, u ishlab chiqarish uchastkasi, brigada, sex bo’lishi mumkin.
31-chizma

Xarajatlar taqsimoti jarayonida ushbu tushunchalarga e’tibor


berilishi lozim

Bu – korxonaning faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’ektlar bo’yicha guruhlash jarayoni

Xarajatlarni taqsimlash

Bu-usha joyda qilingan xarajatlar hisobga olinish lozim bo’lgan tashkiliy bo’lim alohida hisobga olinadigan bo’g’in

Xarajatlar ob’ekti

Bu-nisbatdan o’z mustaqilligiga ega bo’lgan, lekin oxirgi moliyaviy natijalar, qilingan xarajatlar, chiqimlarni aniqlashda bularning ham ulushini aniq belgilash lozim bo’lgan eng quyi ishlab chiqarish bo’g’inlari



Xarajatlar markazi
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo’lgan mamlakatlar amaliyotida, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi.
-mahsulot birligi tannarxini barcha xarajatlarni hisob­ga olib hisoblash usuli;
- faqat o’zgaruvchan xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli;
- normativ xarajatlarni kiritgan holda tannarxni hisoblash usuli.
Xarajatlarni guruhlashning barcha ko’rinishlari turli xildagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo’llaniladi.
Xarajatlarni hisobga olishning “to’liq xarajatlar” usu­li korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to’liq tannarxi qanchani tashkil qilganini ko’rsatadi. Bu shu korxonada moliyaviy hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarni olib borish, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi.
Korxonada boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritash uchun albatta, ana shu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsu­lot birligining tannarxini “o’zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo’ladi.
Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, me’yoriy miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan korxonalarda ish­lab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki sotish hajmi aniq bo’lgan vaqtda ol­dindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan xarajatlar normasidan foydalangan holda imkon qadar aniq belgilash mumkin.
Korxonada boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy ob’ekt guruhiga qarab taqsimlash lozim:
Tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo’yicha.Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Xarajatlar markazi bo’yicha xarajatlarni yig’ish;
2. Yig’ilgan xarajatlarni sexda qayta ishlanadigan aniq mahsulotga olib borish.


Download 48.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling