Tannarxni faqat o’zgaruvchan xarajatlar turi bo’yicha hisobga olish
Bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun xarajatlar kal’kulatsiya qilunadi
Tannarxni kal’kulatsiya qilishda xarajat turlari xususiyatidan kelib chiqib quyidagi uchta usuldan birini tanlash mumkin
32-chizma
Tannarxni barcha xarajatlar boyicha hisoblab topish
Tannarxni kal’kulatsiya qilishning “to’liq xarajatlar” usuli (absorprtion costing)
Tannarxni kal’kulatsiya qilishning “direct kosting” usuli (direct costing)
Tannarxni kal’kulatsiya qilishning “normative xarajatlar” usuli (standart costing)
Tannarxni belgilangan xarajatlar normasi miqdorida hisobga olish
33-chizma
Boshqaruv hisobida tannarxni asosiy bo’lgan quyidagi ob’ektlar bo’yicha taqsimlash lozim
Alohida mahsulot turlari bo’yicha
Alohida bo’g’inlar
(Bo’limlar bo’yicha)
Xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi
Xarajatlarni iloji boricha aniq, aynan mahsulot birligiga to’g’ri kelgunicha aniqlash
Xarajatlarni ana shu xarajatlar vujudga kelgan markazlar bo’yicha yig’ish
Ana shunday mahsulot birligining tannarxini (MBT) quyidagi formula orqli hisoblash mumkin:
Ishlab chiqarish tannarxi
MBT = ----------------------------------------------
Tayyor mahsulot soni
10. Ustama xarajatlarni taqsimlashning reja va to’g’ri (bevosita) usuli
Umum ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o’lchaydigan ma’lum ko’rsatkichdan foydalanilib, umum ishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi.
Masalan, bajarilgan ishlarning kishi-soat ko’rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umum ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambarchas bog’lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko’rsatkichdan u yoki bu Holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to’g’ri qo’llash juda muhimdir.
Kelgusi davr uchun ko’tilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko’rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan, ko’tilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo’linadi. Bu jarayoining iatijasida umum ishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffisienti aniqlanadi.
Shundan so’ng, umum ishlab chiqarish xarajatlari bu koeffisientini qo’llagan holda, ya’ni normativ koeffitsientni taqsimlash bazasi ko’rsatkichining amaldagi holatiga ko’paytirish orqali har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo’shiladi. Natijada shu tariqa hisoblashlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to’g’ridan-to’g’ri (to’g’ri moddiy va to’g’ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisob- kitoblarni amaga oshirmasdan. Umum ishlab chiqarish xarajatlari esa normativ koeffitsient asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo’yicha mahsulot harakatani ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |