1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari
-mavzu: 28-mavzu. Quyosh nurlanishi imitatorlari
Download 42.08 Kb.
|
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ideal holatda quyosh nurlanishi imitatorlari.
3-mavzu: 28-mavzu. Quyosh nurlanishi imitatorlari.
19.1. Ideal holatda quyosh nurlanishi imitatorlari. 19.2. Volfram cho‘g‘lanuvchi lampalar, ksenon va galogen turdagi lampalar. 19.3. Lampalarning optik nurlanishi. Impulsli ksenon lampalar. 19.4. Ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan imitatorlar. Ideal holatda quyosh nurlanishi imitatorlari. Ideal holatda quyosh nurlanishi imitatorlari (QNI) – bu quyosh nurlanishining hamma xususiyatlarini juda yaqin qaytarishi lozim bo‘lgan asbob bo‘lib, bunday xususiyatlarga nurlarning paralelligi, vaqt orasidagi stabilligi, yoritilganlikning bir tekisliligi, nurlanish oqimining zichligi, spektral tarkibi kiradi. Bunday asboblar juda qimmat va murakkab tuzilishga egadir, ulardagi optik nurlanishning va oqimning parametrlari quyoshnikidan farq qiladi. Ayrim hollarda QNI maxsus holda loyihalanadi va tayyorlanadi. Eng sodda parametrlari nisbatan stabil ishlab chiqarish sharoiti uchun moslashgan QNI, asosan volframli cho‘g‘lanish lampalar asosida tayyorlanadi. Ko‘zguli yoki nisbatan xira akslantirgichlar bilan ta’minlanib, ular quyosh batareyalari (KB) yuzalarini hisobga olgan holda yoritilganlikni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Volframli cho‘g‘lanuvchi lampalar nurlanishning nisbatan IQ nurlanishi ko‘proq bo‘lgani uchun, o‘lchash jarayonida QE va batareyalarining isishiga olib keladi. Shuning uchun ko‘pincha lampa va QE lar orasiga IQ nurlanishni qisman qirqadigan filtrlar qo‘yiladi. Bu filtrlar asosan shaffof plastinaga (misol shishaga) o‘tkazilgan ITO (indiy va qalay oksidi aralashmasi) qatlamlaridan tayyorlangan. Cho‘g‘lanuvchi lampa optik nurlanishining IQ qismini kamaytirishning boshqa usuli bu issiqlikni yutuvchi filtrlarni ishlatishdir. Bu filtrlar qalinligi 20 – 40 mm li suv quyilgan shaffof idishlardir. Odatda o‘lchash jarayonida bu suvli fitlrning o‘zini sovutish uchun radiator qurilmasi yoki bevosita oquvchi suv ishlatiladi. Nisbatan katta o‘lchamli quyosh batareyalarining ko‘p sonli guruhlari parametrlarini o‘lchash uchun QNI lar impulsli ksenon lampalar asosida tayyorlanadi. Bu qurilmalar optik qismlarsiz ishlaydi. Bir tekis yoritilganlikka erishish uchun lampalar QB laridan keraklicha uzoqda joylashtirilishi mumkin. Optik spektrni standart spektrga yaqinlashtirish uchun interferension yoki ba’zan suvli filtrlar ishlatiladi. Impulsli ksenon lampalar assidagi QNI lardan foydalanilganda, ular isimaydi va harorati uy haroratiga yaqinligicha qoladi. Maxsus tajribalar va sinovlar uchun turli davlatlarda quyosh batareyalarini o‘lchash harorati turlichadir, misol AQSH va Yevropada standart sifatida 28oC qabul qilingan. Download 42.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling