1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari
-mavzu: 33-mavzu. Lokal elektr tarmog‘i bilan parallel ishlaydigan fotoelektrik stansiyalar
Download 42.08 Kb.
|
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org
24-mavzu: 33-mavzu. Lokal elektr tarmog‘i bilan parallel ishlaydigan fotoelektrik stansiyalar.
24.1. Fotoelektrik tizimlarning turlari. 24.2. Avtonom fotoelektrik stansiyalar. 24.3. Lokal elektr tarmog‘i bilan parallel ishlaydigan fotoelektrik stansiyalar. 24.4. Rezerv fotoelektrik stansiyalar. Quyosh fotoelektrik tizimlari (QFT) muomalada sodda, harakatlanuvchi mexanizmlarga ega emas, lekin elementlarning o‘zi murakkab integral sxemalarga o‘xshash YaO‘ qurilmalarga boydir. Bu tizimlar galvanik batareyalardan ishlaydigan ko‘p asboblarda ishlatiladi. Sodda qurilmalarda QFT ini bevosita ishlatsa bo‘ladi. Aksariyat qurilma va asboblarda o‘zgaruvchan tok ishlatiladi, shu sababli QFT ni o‘zgarmas manbasini invertor qurilmasi orqali o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi. Yaqin o‘n yillarda insoniyat fotoelektrik tizimlar bilan bevosita tanishadi. Masalan, yuqorida qayd qilganimizdek, FE lar tannarhi kamaygan sari ular bozorining bir nechta potensial xaridorlari paydo bo‘ladi. Masalan, qurilish materiallari ichida FE lar ishlatila boshlaydi, ular binolarda ventilyasiyani amalga oshiradi va binolarni yoritadi. Iste‘mol va uy ro‘zg‘or buyumlari fotoelektrik komponentlar bilan to‘ldiriladi, ularning sifati yaxshilanadi. FElar keng ko‘lamda kommunal xo‘jalik korxonalarida qo‘llanila boshlaydi. Sodda fotoelektrik tizimlar (FET)ga quyidagilarni kirgizish mumkin: quyosh nasoslari fotoelektrik nasos qurilmalari dizel va qo‘l nasoslari alternative bo‘ladi. Ular suvni eng kerak paytda, ya‘ni kunduzi etkazib beradi. Kichkina nasosni bir kishi ikki soat ichida maxsus anjomlarsiz bir o‘zi o‘rnata oladi; akkumulyatorli FET lar akkumulyator quyosh generatoridan zaryadlanadi, energiyani o‘zida to‘playdi va ixtiyoriy vaqtda uni ishlatsa bo‘ladi. Xatto eng noqulay sharoitlarda va uzoqda joylashgan manzilllarda ham zarur qurilmalarni akkumulyatorlarda saqlanayotgan energiya bilan ta‘minlasa bo‘ladi. Butun dunyoda akkumulyatorlar bilan ta‘minlangan FET lar yoritish asboblarini, sensorlarni, ovoz yozib oluvchi qurilmalarni, uy jihozlarini, telefonlarni, televizorlarni, elektr asboblarini elektr quvvati bilan ma‘minlaydi.Generatorli FET lar elektr quvvati uzluksiz ishlatilishi lozim bo‘lganda yoki bu quvvat fotobatareyanikidan ko‘proq kerak paytida FET ni generator effektiv ravishda to‘ldiradi. Kunduz kunlari FET lar ehtiyojga kerak ta‘minotni qoplaydi va akkumulyatorni zaryadlaydi. Akkumulyator razryadlanganda generator ishga tushadi va akkumulyatorni zaryadlay boshlaydi, akkumulyator to‘la zaryadlanib bo‘lgach, generator ishini to‘xtatadi. Generator sutkaning ixtiyoriy vaqtida ishlashi mumkin. U uzluksiz elektr ta‘minotining muhim elementi bo‘lib xizmat qiladi. FETlar shovqinsiz ishlaydi, atmosferaga zararli chiqitlarni chiqarmaydi, ularni ishlatish ko‘p mehnat talab qilmaydi. FE lar va generatorlarni birgalikda ishlatish umumiy FET ning tannarxini kamaytiradi. Lekin zahira qurilma bo‘lmasa, FE modular va akkumulyatorlartunda ta‘minotni yetkazib berishlari uchun yetarli darajada katta bo‘lishlari kerak. Download 42.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling