1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari


-mavzu: 35-mavzu. Issiqlik tashuvchilarning turlari va uning sirkulyatsiya usuli


Download 42.08 Kb.
bet10/15
Sana17.11.2023
Hajmi42.08 Kb.
#1782991
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org

26-mavzu: 35-mavzu. Issiqlik tashuvchilarning turlari va uning sirkulyatsiya usuli.
26.1. Antifriz fizikaviy va kimyoviy xossalari.
26.2. Propilengelikol, suv, havo, etilenglikol, silikonli yog‗, uglevodorodlarning xossalari.
26.3. Ularning harakatlanish sirkulyatsion usuli.
Etilenglikol, 1,2 etandiol, HOCH2-CH2OH — 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin taʼmli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —12,7°, qaynash temperaturasi 197,° 6°, zichligi 1108,8 kg/m3. Suv, spirt, atseton, glitserinda yaxshi eriydi, benzol, toluol, dietil efir, uglerod tetraxloridda oz eriydi. 20% li suvdagi eritmasi —8° da, 40% li eritmasi —24° da, 66,7% li eritmasi —75° da, 80% di eritmasi — 47° da, 90% li eritmasi — 29° da muzlaydi.
Etilenglikollarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar va ishqorlar bilan glikolyatlar, organik kislotalar va ularning angidridlari bilan 1 va 2 almashingan murakkab efirlar, degidratlanganda atsetaldegid (2pS12ishtirokida), dietilenglikol (№ON ishtirokida) yoki dioksan (N2804ishtirokida qizdirilganda), etilenoksid bilan polietilenglikollar H(OCH2CH2)pOH hosil qiladi.
Sanotda etilenglikol etilenoksidni gidratlab olinadi. E.ning suv bilan aralashmasi antifriz sifatida ishlatiladi. Plastmassalar, sunʼiy tola ishlab chiqarishda toʻqimachilik, atirupa, tamaki sanoatida qoʻllanadi.
Antifriz – bu past haroratlarda muzlamaydigan suyuqlik. Avtomobil antifrizlari ichki yonish dvigatellarini sovutish uchun qo‗llaniladi va etilenglikol yoki propilenglikol, suv, rang beruvchilar va prisadkalar paketidan tashkil topgan bo‗ladi. Dvigatellar avtomobillar singari ular uchun sovituvchi suyuqliklar ham har xil bo‗ladi. Ammo antifriz turlarida farqlash yanada murakkablashib bormoqda. Har bir davlatda antifrizlar lokal standartlar bo‗yicha ishlab chiqariladi, u yoki bu avtomobil uchun mos keluvchi antifrizni tanlash esa bu standartlarni tushuntirmaydi. Shuning uchun, ishlab chiqaruvchilar asos qilib ―Folksvagen‖ Konserni tomonidan yaratilgan antifriz belgilarining sinflanishini asos qilib olganlar. Bular quyidagi sinflardir: G11, G12 (G12+, G12++), G13.



Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling