1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari


-mavzu: 41-mavzu. Har xil kenglikda fotoelektrik stansiyalarni loyihalashtirish hususiyatlari


Download 42.08 Kb.
bet13/15
Sana17.11.2023
Hajmi42.08 Kb.
#1782991
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org

30-mavzu: 41-mavzu. Har xil kenglikda fotoelektrik stansiyalarni loyihalashtirish hususiyatlari.
30.1. O‗zbekiston Respublikasi har xil hududlari uchun fotoelektrik modullarni gorizontga nisbatan o‗rnatish tartibi.
30.2. Analemma. O‗rnatish jarayonlarini dasturiy vositalar yordamida nazariy ishlab chiqish.
30.3. Katta quvvatdagi fotoelektrik stansiyalarni loyihalashtirish jarayoni.
O‗zbekiston qayta tiklanadigan enyergiya resurslaridan foydalanish imkoniyalari katta bo‗lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, mamlakatda Quyosh enyergiyasidan foydalanish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib turadi. O‗zbekistonning geografik – iqlim sharoitlari Quyosh enyergiyasidan sanoat masshtablarida elektr va issiqlik enyergiyalari olishda faol foydalanish imkoniyatini yaratadi. Quyosh enyergiyasi – bu ishlatishga qulay va oddiy, amaliy maqsadda foydalanish nuqtayi nazaridan samarador, qayta tiklanadigan enyergiyadir. O‗zbekistonda quyosh enyergiyasining yalpi imkoniyati taxminan 51 mlrd. t.n.e. tashkil etsa, texnik imkoniyati 177 mln. T.n.e. tashkil etadi va qazib
olinayotgan enyergetik qazilmalarning uch baravarini tashkil etadi.
O‗zbekiston hududi samarador quyosh nurlanishiga ega bo‗lib, eng yangi
fotoelektrik texnologiyalar asosidagi elektrostansiyalar mamlakatning enyergetika
sohasida qayta tiklanadigan enyergiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini
kengaytiradi. Hukumat 2031 – yilga qadar jami enyergiyaning 20 % dan ortig‗ini
qayta tiklanadigan enyergiya resurslari, jumladan, quyosh enyergiyasi yordamida
ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda O‗zbekistoning 5 ta hududida, jumladan, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida katta quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki bu boradagi ishlarni moliyalashtirishni rejalashtirgan bo‗lib, O‗zbekistonda tashkil etilgan Quyosh enyergiyasi xalqaro
institutini ham moliyaviy qo‗llab-quvvatlamoqda

Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling