1-mavzu: 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari
-mavzu: 40-mavzu. Ob’ektlarni elektr ta’minot tizimini tuzish tamoyillari
Download 42.08 Kb.
|
1-mavzu 25-mavzu. Fotoenergetikaning fizik asoslari-fayllar.org
29-mavzu: 40-mavzu. Ob’ektlarni elektr ta’minot tizimini tuzish tamoyillari.
29.1. Ob’ektlarda elektr ta’minoti tizimini amalga oshirishda avtonom fotoelektrik stansiyalarining o‘rni. 29.2. Ob’ektning sutkalik, oylik va yillik energiya iste’moli. 29.3. Lokal elektr tarmog‘i bilan parallel ishlaydigan FES ning elektr ta’minoti. Berlin konsorsiumi Prethezm Solutions/BAE Batterien va Dena energetika agentligi (Germaniya) tomonidan begʻaraz maqsadda 2016 yil 23 sentyabrda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga quvvati 20 kVt boʻlgan quyosh FES oʻrnatilgan edi (29.1-rasm). FES 60 ta ketma-ket va parallel ulangan fotoelektrik panellar (FEP), quvvati 22 kVt boʻlgan uch fazali tarmoq invertori (SMA, Sunny Tripower 22000TL), umumiy quvvati 9.9 kVt boʻlgan 3 dona akkumulyator kuchlanish invertori (SMA, Sunny Island invertors), eruvchan saqlagich (Batfuse–B.03), sigʻimi 660 A∙soat va yigʻindi kuchlanishi 48 V boʻlgan 24 ta ketma-ket ulangan elektr energiyasini Shuningdek uning tarkibiga yana Wi-Fi-Router, quyoshli uy regulyatori (Sunny Home Manager) va ma‘lumotlarni taqdim etish uchun monitor kiradi. FEP Germaniyada tayyorlangan boʻlib FIK 19% li kremniy monokristali asosidagi 60 ta ketma-ket ulangan quyosh elementlaridan iborat. Sky (AR) 290 Vt quvatdagi FEP xarakteristikalari va parametrlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar uning pasportida aks etgan: Standart test sharoitida (STC) uning elektrik xarakteristikalari quyidagicha olingan (Quyosh nurlanishi oqim zichligi 1000 Vt/m2, FEPning harorati T=250C va atmosfera massasi AM 1,5 ga teng). Mos keluvchi ma‘lumotlar 29.1- jadvalda keltirilgan. Fotoelektrik modullarning qiyalik burchagining oʻzgarishini koʻzda tutmagan tizimlar uchun yil davomida maksimal energiya ishlab chiqarish modullar hududning kenglik burchagini hisobga olib (Masalan, kenglik Toshkent sh. – 41,264050o) oʻrnatilganda amalga oshirish mumkin. 20 kVt quvvatga ega FES ikkita turdagi invertorlar bazasida qurilgan boʻlib yuqori ishonchlilik va samaradorlikni ta‘minlaydi. Sunny Island markasidagi akkumulyator invertori akkumulyator batareyalarini zaryadlashda ishonchli hisoblanadi. Sunny Tripower tarmoq invertori ikkita MPPT-trekerdan tashkil topib elektr tarmogʻiga ulangan holda FES ishlab chiqarayotgan doimiy tokni uch fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiradi va elektr ta‘minotining tarmogʻiga uzatadi. Sunny Tripower markali invertor faqat sifatli fotoelektrik batareyalar, ya‘ni qoʻllanilish sinfi A, IEC 61730 standartidagi va himoya sinfi ΙΙ boʻlganda foydalanish mumkin yuqoridagi texnologiyalarga asos bo‘ladi Tekstil sanoatida bo‘yoqlar qanday muhim vazifani bajarsa, yarimo‘tkazgichlar texnologiyasida zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi shunday vazifani bajaradi. Matolar rangining tozaligi yangi to‘qilgan materialni obdon oqartirishga bog‘liq bo‘lganidek, yarimo‘tkazgichlarni legirlashdan avval begona aralashmalardan tozalash juda muhimdir. yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi va turlarini boshqarish usullarini o‘zlashtirish elektron texnikada yangi moddalarni ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Bog‘lanishning tetraedr shaklidagi yarimo‘tkazgichlarda ular fotoo‘tkazuvchanligining yuqoriligi, yorug‘likning ko‘rish spektrida yutilish koeffitsientining kattaligi, hamda katta yuzali yupqa qatlamlarni olish mumkinligi – bular quyosh energiyasi bilan ishlovchi arzon FE generatorlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. Ta‘kidlash lozimki, bu texnologiyalar yupqa plenkali integral elektron asboblar: tranzistorlar, yorug‘likni sezadigan ekranlar, elektrofotografik qurilmalar ishlab chiqarishda ham qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda. Download 42.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling